Forumning navbatdagi sessiyasida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berishning mintaqaviy jihatlari, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Sessiyada ishtirokchilar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning tarqalishi va uning asosiy sabablari, zo‘ravonlikning ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga hamda o‘z kasbiy va shaxsiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish qobiliyatiga taʼsiri borligi, zo‘ravonlikni kuchaytiruvchi gender kamsituvchi stereotiplarni yo‘q qilish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish hamda oiladagi zo‘ravonlik va kamsitishga barham berish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, xotin-qizlarga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va vositalarni taqdim etish orqali ayollarni oila byudjetini taqsimlash jarayoniga faol jalb qilish, zo‘ravonlik xavfini kamaytirish omili sifatida ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, zo‘ravonlikning yangi shakllari (raqamli zo‘ravonlik) paydo bo‘lganligi sababli samarali chora-tadbirlar ko‘rishni taʼminlash, oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida ishtirokchilar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va ularning jamiyatda teng emasligi mintaqa mamlakatlari yalpi ichki mahsulotiga qanchalik taʼsir etishi, Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikning qanday yangi shakllari borligi hamda bu yo‘nalishda qanday javob choralari ko‘rilayotgani va shu kabi boshqa dolzarb savollarga atroflicha javob oldilar.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI
- Qo'shildi: 14.05.2024
- Ko'rishlar: 1662
- Chop etish