O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 milliondan oshdi

2024 yilning 1 may holatiga O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 3 998 966 kishini tashkil qilgandi. Oradan bir oy o‘tib, 1 iyun holatiga pensiya oluvchilar 4 008 597 kishiga yetdi.

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mln kishidan oshdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024 yilning 1 may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.

 

Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.

Pensiya oluvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha:  

  • Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
  • Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
  • Andijon viloyati – 374 667 nafar;
  • Toshkent shahar – 367 483 nafar;
  • Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
  • Namangan viloyati – 313 241 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
  • Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
  • Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
  • Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
  • Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.  

Kun.uz

Powered by GSpeech