Barcha mamlakatlarda ishlashning o‘z tartib-taomilari bor. Bunga amal qilmagan migrantlarga turli ko‘rinishdagi jazolar, jarimalar, xattoki ushbu davlatdan chiqarib yuborish choralari ham ko‘riladi. Bugun sizga “xorijda oson va yuqori daromadli ish topib beraman” degan va’dalar berildimi, demak hushyorlikni ikki karra oshirish lozim bo‘ladi.
Sababi yurtmizda migratsiya agentligidan tashqari yana 17 xususiy xorijga ishga yuboruvchi tashkilotlar bor. Ularning ro‘yxati migratsiya agentligining saytlarida mavjud va litsenziya asosida qonuniy chet davlatga yuborish imkoniyatlari bor. Ushbu ro‘yxatdan tashqari tuzilgan agentliklar ishi shubhali. Ular har qancha va’dalar bersa ham xorijga yuborishning o‘ziga yarasha talablari bo‘lib, bu biroz vaqt talab etadigan jarayon.
Fuqarolarimizning xorijiy davlatlarga ishga borishlarida e’tibor qaratishlari zarur bo‘lgan jihatlar, sohada korrupsiya holatlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida Migratsiya agentligining raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bobur Sa’dullayev bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi bugun yurtimizda tartibli va xavfsiz migratsiya jarayonlarini ta’minlashda qanday ishlar olib borilmoqda? Sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha nimalar qilinyapti?
- Albatta so‘ngi yillarda mamlakatimizda raqamlashmagan sohaning o‘zi qolmadi deb bemalol ayta olamiz. Bu sohada birinchi navbatda inson omilini yo‘qotish uchun juda katta mezon bo‘lib xizmat qildi. Migratsiya agentligida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 17 oktyabrdagi 367-sonli qarorida ham juda ko‘p topshiriqlar berilgan. Migratsiya agentligining “Xorijda ish” platformasi haqida gapiradigan bo‘lsak, fuqarolarning chet elda ishlash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish borasida birinchi navbatda ularni ro‘yxatga olish ishlari to‘liq raqamlashtirildi. Agentlik tomonidan inson omilishi ishtirok etmasligi ta’minlandi. Fuqarolarimiz autentifikatsiya, ya’ni shaxsini tasdiqlagan xolda tizimda ro‘yxatdan o‘tadi va ochiq vakansiyalarga o‘zlarining arizalarini yuborish ikoniyati yaratilgan.
Bundan tashqari ushbu platforma orqali chet eldagi ish beruvchilar haqida to‘liq ma’lumotlar olish mumkin. Hozirgi kunda xususiy bandlik agentliklari bilan Migratsiya agentligi o‘rtasida imzolangan shartnomalarga ko‘ra fuqarolarni tanlab olish, ularni chet elga yuborish, shuningdek fuqarolarimizni chet davlatida vaqtincha ish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘liq tizimli raqamlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA
- Qo'shildi: 29.01.2025
- Ko'rishlar: 509
- Chop etish