Jahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme – WFP) 7 oktyabrdan beri G‘azo sektori shimoliga juda oz miqdorda oziq-ovqat yordami yetib kelgani, ocharchilik xavfi borligini aytdi. Bu haqda Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) ma’lum qildi.
Yaqin Sharqdagi Jahon oziq-ovqat dasturi matbuot kotibi Abir Atifa shunday deydi:
– Ko‘mak, ayniqsa, shimoldagi bizga kerak hududlarga yetib borishi qiyin. G‘azoda ocharchilik xavfi hali ham jiddiy darajada mavjud. Anklavga insonparvarlik yordami yetkazilishiga turli to‘siqlar qo‘yilmoqda. Sektordagi shahidlar soni 25 490 nafarga yetdi, ularning aksariyati ayollar va bolalar. Bundan tashqari 63 354 kishi yarador, 8 mingdan ortiq fuqaro esa tajovuz boshlangandan beri bedarak.
Muharrama Pirmatova, O‘zA
- Qo'shildi: 25.01.2024
- Ko'rishlar: 2453
- Chop etish