Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion so‘m resurs berilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion so‘m resurs berilmoqda. 

Banklar bunga qo‘shimcha 10 trillion so‘m yo‘naltirishni maqsad qilgan. “Ipoteka kompaniyasi” ham bu maqsadlarga 2,3 trillion so‘m resurs yo‘naltiradi. 

Mutasaddilarga 2025 yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingi uchun kreditni boshlang‘ich badal uchun byudjetdan subsidiya to‘lab, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga berish vazifasi qo‘yildi. 

Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. 

Yig‘ilish davomida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. 

O‘zA

Powered by GSpeech