“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muzokaralar chogʻida Oʻzbekistondan Niderlandiyaga ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va “EuroTalents” rekruting agentligi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasi Yevropa davlatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishi ekanligi qayd etildi. Oʻzbekiston bu borada Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Isroil, Kanada, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston bilan logistika va transport, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, texnologiya, mehmonxona biznesi va tibbiyot kabi sohalarda mehnat resurslarini jalb qilish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
“EuroTalents” rekruting agentligi rahbariyatining aytishicha, Benilyuks mamlakatlaridagi kompaniyalar xorijiy ishchi kuchini faqat qonuniy asosda yollashini qayd etdi. Taʼkidlanishicha, agentlik xorijiy fuqarolarni yollash jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, shartnomalar tuzish, ish haqi, uy-joy bilan taʼminlash va qonunchilikka rioya qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hal etishga yaqindan koʻmaklashadi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning barcha tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston Migratsiya agentligi va “EuroTalents” rekruting agentligi" rahbariyati oʻrtasida onlayn muzokaralar oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.