O‘zbekiston-BMT: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari

Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi 200 ga yaqin mamlakat a’zo bo‘lgan eng yirik xalqaro tuzilma hisoblandi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach birinchi bo‘lib a’zo bo‘lgan xalqaro tashkiloti ham aynan BMTdir. Bugungacha bu hamkorlik tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, sog‘liqni saqlash, ekologiya, ta’lim, madaniyat, turizm kabi ko‘plab sohalardagi o‘zaro davom etib kelmoqda. 

2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan sanaga 29 yil to‘ladi va shu munosabat bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yirik davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining 1-oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev, Oliy Majlis Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi rahbari Dilorom Fayziyeva va BMTning yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi agentliklaridan vakillar qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekistonning Xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni, diplomatiyasi va BMT prinsiplariga mos keluvchi olib boradigan siyosatini e’tirof etdilar. Jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutqi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi sifatida Xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e’tirof etilgan prinsip va normalarini qat’iy himoya qiladi va faol ilgari suradi” so‘zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Bugunga kelib Oʻzbekiston BMTning toʻlaqonli aʼzosi, shuningdek, 2015-yil sentabrda BMTga aʼzo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz va sogʻlom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va adolat hukm suradigan tinchlikka intilish boʻyicha global majburiyatni oʻz zimmasiga olgan. Hozirgi paytda O‘zbekistondagi BMT tuzilmalariga quyidagilar kiradi:

  • BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTRD),
  • BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA),
  • BMT Bolalar Fondi (YuNISEF),
  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST),
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO),
  • BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB),
  • BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha hududiy boshqarmasi (MOPDHB),
  • Xalqaro mehnat tashkiloti (ХMT), Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO),
  • Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT)
  • BMT Ko‘ngillilari dasturi (BMTK).

BMTning mustaqil ixtisoslashtirilgan agentligi bo‘lgan Jahon banki ham mamlakatda tashkilot ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar har bir BMT tuzilmasi bilan alohida hamda amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va bunda tuzilmalar hamkorligiga tayanish bo‘yicha rejalar tuzib olishdi. Bunday tadbirlar o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun Xalqaro va respublika miqyosida ustuvor yoֹ‘nalishlardan yoshlarni xabardor qilish, OTM faoliyatida ularni amaliyotga joriy qilishdan iborat.

Manba: uwed.uz

Powered by GSpeech