O'zbekiston va BMTning shartnomaviy organlari

Shartnomaviy organlar

Inson huquqlari bo'yicha 9 ta yirik xalqaro shartnomalar mavjud. 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganidan beri, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha a'zo davlatlar kamida bitta inson huquqlari to'g'risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Xozirda 10 ta shartnomaviy organlar mavjud, ular mustaqil ekspert qo'mitalari hisoblanadi. Ularning to'qqiztasi BMTga a'zo davlatlar tomonidan inson huquqlari bo'yicha shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladilar, o'ninchi shartnomaviy organ - Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokoliga binoan tuzilgan Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha quyi qo'mita Fakultativ protokolga a'zo davlatlardagi qamoqda saqlash joylarini tekshiradi.

Organlar shartnomaning qoidalariga muvofiq tuziladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi. Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasi shartnoma organlariga ularning ish uslublarini belgilangan talablarga muvofiqlashtirishda yordam beradi.

BMTning boshqa tuzilmalari va agentliklari inson huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanadi.

Powered by GSpeech