Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
"Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda parlament diplomatiyasining o‘rni" mavzusidagi majlisda 30 ga yaqin davlatlarning parlament vakillari qatnashmoqda.
Assambleyaning asosiy yig‘ilishida Senat Raisi Tanzila Narbayeva nutq so‘zladi. Mamlakatimiz yuqori palatasi rahbari o‘z ma’ruzasida parlament diplomatiyasi, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish hamda ekologik xavfsizlik va iqlim o‘zgarishlari masalalari borasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
- Qo'shildi: 19.02.2025
- Ko'rishlar: 287
- Chop etish