AQSH muhojir bolalar uchun yuridik yordamni cheklaydi

Qo‘shma Shtatlar mamlakatga ota-onasiz kelgan immigrant bolalar uchun missiya moliyalashtirilishini qisqartirdi. Bu haqda Prezident Donald Tramp ma’muriyati xabar berdi.

Bayonotda immigratsiya sudida yuridik vakillik qilish, huquqiy maslahat va voyaga yetmaganlarga qonuniy huquqi bo‘yicha ta’lim berish uchun ajratiladigan mablag‘ni kamaytirishga chaqirilgan.

Mazkur qaror shtatlarga ota-ona hamrohligisiz kelgan 26 000 migrant bolaga taalluqli ekani aytilmoqda.

Qochqinlarni qayta joylashtirish boshqarmasi har yili notijorat tashkilotlarga immigratsiya sudida kuzatuvsiz bolalar vakilligini moliyalashtirish uchun minglab dollar ajratardi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp dpvlat rahbari sifatida ish boshlagan kuniyoq Jo Bayden davrida kiritilgan “xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik” siyosatini bekor qildi. Keyinchalik qonuniy immigratsiyani ta’minlovchi “CBP One” dasturi yopilishini e’lon qildi.

Oq uy rahbari Guantanamo qamoqxonasida 30 ming kishiga mo‘ljallangan, mamlakatga noqonuniy kirgan “jinoyatchi muhojirlar”ni hibsda saqlash uchun bino tayyorlashni buyurdi. Mudofaa vaziri Pit Xegset ushbu muassasani “migrantlar uchun ideal joy” deb atagan.

O‘zA

Powered by GSpeech