Daniyada ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etiladi

Joriy yilning iyul oyidan boshlab daniyalik 18 yoshga to‘lgan ayollar harbiy xizmatga chaqiriladi.

– Harbiy xizmatga chaqiruv ko‘ngillilar yetishmasligining o‘rnini to‘ldirish uchun amalga oshiriladi, -dedi mamlakat mudofaa vaziri Trels Lund Poulsen jurnalistlarga. – Mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qurolli kuchlarga ko‘proq askarlar jalb qilinishi kerak.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab harbiy xizmatga chaqiruv masalasida erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikka erishiladi.

Avvaliga, daniyalik ayollar 2027 yildan harbiy xizmatga chaqirilishi rejalashtirilgan edi. Xuddi shu qaror bilan majburiy harbiy xizmat muddati to‘rt oydan o‘n bir oyga oshirildi. Hozirda ular mamlakat qurolli kuchlarida faqat ixtiyoriy ravishda xizmat qilib keladi. 

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech