O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING MINTAQALARARO O‘ZARO BOG‘LIQLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH TASHABBUSINI JAHON XAMJAMIYATI BIR OVOZDAN MA’QULLADI
Avval xabar qilinganidek, 11 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustaxkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. E’tiborlisi, rezolyutsiya dunyoning turli qit’alarida joylashgan 40 ta mamlakat xammuallifligida qabul qilindi.
Rezolyutsiyaning tasdi1lanishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shaxrida 2021 yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Taxdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ilgari surilgan tashabbusning amaliy natijasi bo‘ldi.
Xalqaro ekspert doiralari vakillari, o‘z navbatida, mazkur muxim xujjatning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingani ikki mintaqa o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mustaxkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro investitsiyalar xajmini oshirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratishini ta’kidlamoqda.
Ramiz ALEKPEROV, BMTning Afg‘onistondagi ko‘mak missiyasi rahbari:
— O’zbekiston tashabbusi bilan BMTning maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinganini qutlayman. Ushbu tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan O’zbekiston tashqi siyosati naqadar to‘g‘ri yo‘lda ekanining yuksak e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z vaqtida ilgari surayotgan siyosiy hamda diplomatik tashabbuslar mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Hujjat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, Markaziy hamda Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning transport, tranzit va sarmoyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rezolyutsiya Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishi hamda mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuviga, shuningdek, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muhammad Sodiq XON, Pokiston davlat tashki ishlar vaziri, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil:
— O’zbekiston rahbariyatini BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingani bilan samimiy qutlayman.
Pokiston, dunyoning 40 davlati qatori, ushbu rezolyutsiyaga hammualliflik qildi.
Jahon hamjamiyati “Asr loyihasi” strategiyasini hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhim tashabbusini bir ovozdan qo‘llab- quvvatladi.
O’zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston birgalikda Termiz va Peshovar o‘rtasidagi temir yo‘l loyihasini amalga oshirishni boshladi. Pokiston hukumati o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda bu masalada faol ish olib boradi, ayniqsa, qurilish hamda muhandislik ishlarini tezroq boshlash uchun moliyaviy resurslarni jalb qiladi.
Pokiston rahbariyati o‘zaro bog‘liqlik loyihalari va temir yo‘l qurilishini mintaqalarimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tubdan o‘zgartiradigan tarixiy voqea, deb biladi.
Riyoz BUXORIY, Pokistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi (2013 - 2018 yillar):
— Maxsus rezolyutsiyaning muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, O’zbekiston tashabbusi bilan tayyorlangan xujjatga dunyoning 40 mamlakati hammuallif bo‘ldi.
BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida O’zbekiston Prezidentining 2022 yilni iqtisodiy hamkorlik tashkilotida o‘zaro bog’liqlikni mustahkamlash yili, deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani ham juda muhim.
Shunday qilib, jahon hamjamiyati O’zbekiston rahbariyati tomonidan 2021 yilda ilgari surilgan mintaqalararo o‘zaro bog’liqlik strategiyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi va bu bilan ushbu masalada birdamligini bildirdi.
Ushbu yondashuv bugungi kundagi global hamda mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning eng yaxshi retseptidir.
Lyanyungane Li CHJANCHAO, SHHTning Xalqaro logistika parki ma’muriy qo‘mitasi direktori:
— Mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash Markaziy Osiyo davlatlarining transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish hamda mintaqaning xalqaro transport va tranzit markazi sifatida raqobatbardoshligini oshirish maqsadlariga javob beradi.
Ushbu maqsadlar Markaziy Osiyoning transport sohasidagi islohotlarini davom ettirishdan iborat bo‘lib, bu mintaqaning global ta’minot zanjirlariga chuqur integratsiyasini ta’minlashga va Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro savdo tizimining yangi modelida o‘z munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashadi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog’liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi transport hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlari va jahon bozorlariga chiqishini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirishni kuchaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
O’zbekistonning muhim geografik o‘rni va islohotlar samarasi mamlakat, umuman, mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga yangi turtki beradigan transport-logistika markazlarini yaratish imkonini beradi.
Osiyodagi eng yirik portlardan biri sifatida O’zbekistonda savdo - iqtisodiy sohada, ayniqsa, transport hamda logistika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. O’zbekistonning Lyan- yungang porti orqali yuk tashish hajmi tobora ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz.
«Dunyo» AA.
- Qo'shildi: 19.07.2022
- Ko'rishlar: 4090
- Chop etish