Germaniyalik siyosiy sharhlovchi, «Berliner Zeitung» nashri Geosiyosat bo‘limi rahbari Tomas Fasbenderning siyosatshunos Qudratilla Rafiqov bilan suhbati
Germaniyaning nufuzli «Berliner Zeitung» nashrida siyosiy sharhlovchi, nashr Geosiyosat bo‘limi rahbari Tomas Fasbenderning siyosatshunos Qudratilla Rafiqov bilan suhbati e’lon qilindi. «O‘zbekistondan «Yangi O‘zbekiston»gacha: Yo‘qotilgan qalbni qidirib...» sarlavhali ushbu maqolada mamlakatimizning yaqin o‘tmishi, buguni, kelajagi va mintaqadagi siyosiy evrilishlar haqida so‘z boradi. Bu jarayonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, xalqparvar va millatparvar siyosati, shuningdek, mintaqa miqyosidagi tashabbuslari va ularning natijalari tahlil etilgan.
– Janob Rafiqov, menda O‘zbekiston haqida nimadir yozish, bu yurtda kechayotgan jarayonlarni teranroq anglash ishtiyoqi tug‘ilganiga ancha bo‘lgan. Yevroosiyoda joylashgan bu mamlakatni nafaqat geosiyosiy, balki sivilizatsion nuqtai nazardan ham qit’aning markazi deyishga asoslar bor.
Menimcha, olis o‘tmishda ushbu zaminda paydo bo‘lgan ikki buyuk yuksalish – Islom uyg‘onish davri va Temuriylar renessansi ulashgan madaniyat va ilm-fan nafaqat Sharq xalqlari yoki Islom olami, balki insoniyat tarixi uchun ham o‘ta muhim edi. Ammo qudratli imperiyalar va tamaddunlarga beshik bo‘lgan zamin bir necha asrlar davomida ijtimoiy-siyosiy parokandalik girdobida qoldi va hatto mustamlakachilik azoblarini ham totib ko‘rdi...
Hozir sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan narsa olis o‘tmish haqida emas, balki bu o‘lkaning buguni, mamlakat va jamiyatning mustaqillikdan keyin ham o‘zini o‘nglab olishi qiyin kechgani, siyosiy elita zehniyati, ayniqsa, jamiyat tafakkurida sovet davridagidan-da xavotirli turg‘unlik hukm surgani haqida bo‘ladi.
Xo‘sh, nega shunday bo‘ldi? Mamlakat egamenlikka erishgach ham qariyb chorak asr, to biz suhbatlashib o‘tirgan bugungi kunlargacha eski mafkuraviy tutumlarga «sodiq» qoldi.
Bilishimcha, jamiyat ham, siyosiy elita ham o‘z «kimligi»ni konseptual jihatdan anglab olishi, yangilashi uchun haligacha ikkilanishlarga duch kelayotganday. Buning sabablari, qolaversa, mustaqillik tuyg‘usi, umumiy milliy kimlik, bu borada xalq bilan davlat orasidagi munosabatlar «ozodlik tongi»dan keyin qanday kechgani haqida so‘ramoqchiman.
Yana bir mulohaza, ma’lum maqomi va barcha siyosiy atributlari bor O‘zbekiston Respublikasi yoniga nega mustaqillikdan chorak asrdan ko‘p vaqt o‘tgach, «Yangi» sifatlovchisi qo‘shib ishlatiladigan bo‘ldi? Bunga qanday zarurat bor edi?
– Ko‘tarilgan masalaga bir og‘iz so‘z bilan javob berish qiyin. Chunki mavzu murakkab: yangi dunyo olimlarini eng ko‘p o‘ylantirayotgan, turli munozaralarga sabab bo‘layotgan, xarakteriga ko‘ra o‘ta ziddiyatli diskurs – metropoliyalar va mustamlakalar mavzusi.
Garchi yoqimsiz bo‘lsa-da, haqiqat shuki, Janub bilan Shimolni, G‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi nuqtada joylashgan ulkan mintaqa uzoq yillar «chet o‘lka», (taassufki, bugun ham shunday o‘ylaydiganlar bor) sifatida tasniflandi. Ammo u bunday ta’rifga loyiqmidi? Albatta, bu alohida masala.
Hozir sizning savolingizdan chalg‘imaylik. Aniq esimda yo‘q: kimdir «insoniyat tarixi urushlar tarixidir» degandi. Bu jumla meni nafaqat chiroyli qurilishi, balki mazmundor poetikasi bilan ham juda mutaassir etadi. Undan kelib chiqadigan fikr esa tushunarli: garchi urushlar, bosqinlar tarixning bir bo‘lagi ekan, demak, hukmronlar va mazlumlar doim bo‘ladi...
Hali aytganimdek, juda ko‘p olimlar tarixning mana shu qismi borasida bosh qotirishgan, izlanishlar olib borishgan. Shulardan biri postkolonial tadqiqotlar asoschisi va nazariyotchilaridan biri, kelib chiqishi falastinlik (arab xristiani) bo‘lgan AQSHlik olim, Kolumbiya universiteti professori, Edvard Vadi Said edi. U o‘zining eng mashhur asari «Oriyentalizm»ga Marksning «Lui Bonapartning o‘n sakkizinchi brumeri» asaridan iqtibos keltiradi – «Ular o‘zlarini ifoda etolmaydilar, ularni boshqalar tanitishi kerak». Oriyentalizm talablariga ko‘ra, Sharq o‘zi haqida o‘zi gapira olmaydi, o‘zini o‘zi tanita olmaydi, taqdim eta olmaydi, balki boshқаlarning o‘zi haqida gapirishlariga, taqdimiga, demak, Yevropa fani ko‘magiga muhtoj...
«Oriyentalizm Sharqni qayta talqin qilib, Yevropaga tanishtirish yo‘lida qo‘llanilgan qo‘shib oluvchi, o‘zlashtiruvchi fan tarmog‘i ekan, Sharqning hukmron Yevropa tomonidan egallanib, o‘zlashtirilish jarayoni dunyo amaliy siyosatida unga o‘xshash boshqa bir tarmoq edi. Bu o‘rinda Sharq G‘arbning majoziy ma’nodagi suhbatdoshiga emas, uning yonida churq etmay turuvchi «o‘zga»ga aylandi», deya tushuntiradi Said. Keng ma’noda gap kolonial va postkolonial davr haqida ketar ekan, ayni tadqiqot bizning jamiyatimiz, bugungacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy kechmishimizni baholi qudrat ifoda etishga arziydi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Yevroosiyoning markazida joylashgan mintaqamiz, garchi Said nazarga olgan global G‘arb va Sharq, ayniqsa, arab sharqidek mavzuning markazida bo‘lmasa-da, mazmun-e’tiboriga ko‘ra, xiyla «oriyentallashgan» edi. Chunki o‘lkamiz bir yarim asr davomida ikki bor mustamlakachilikni boshidan kechirdi... Qolaversa, bugungacha bizning nomimizdan ham gapirdilar, kimlardir bizni atrofga tanishtirdi. Biz ham uzoq yillar hukmron kuchlar oldida «churq etmay o‘tiruvchi» «o‘zga»ga aylandik...
Endi savolingizning birinchi qismiga to‘xtalsak. Nega bunday bo‘ldi?
Buning o‘ziga yarasha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ehtimolki, ayni shu asoslarga ko‘ra ham, ko‘pchilik tadqiqotchilar mintaqamiz, xususan, O‘zbekistonda hali-hamon milliy davlat va millat qurish jarayonlari davom etayotganini uqtirishadi va bu fikrning kelishsa bo‘ladigan tomonlari ham yo‘q emas.
Mohiyatan o‘tgan asrning birinchi yarmida shakllantirilgan siyosiy o‘zbek millati kechmish davrda tarixi, madaniyati, tili va boshqa o‘zlikni belgilovchi kodlarga ega millat sifatida jahonga taqdim etilgan bo‘lsa-da, kolonial chegaralarini sindirolmadi va bu polisemantik mazmunga ega edi: jumladan, sovet mafkurasi milliy респuбlikаlardaги «o‘zlik»ning barcha sifatlarini «umum ovozi»ga bo‘ysundirishga harakat qildi. Sobiq ittifoqning eng gullagan 70-80 yillarida haddi a’losiga yetgan «sovet kishisi» konsepsiyasi Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan milliy jamiyatlarni sovet kosmopolitizmining gibrid-duragay o‘zaniga chuqurroq kiritdi.
Siz to‘g‘ri anglaganingizdek, biz mustaqillikdan keyingi deyarli yigirma besh yilda ham ushbu konsepsiya ta’siridan chiqib keta olmadik. Nega? Chunki sovet zamonining so‘ngida yuz bergan «qayta qurish» va mustaqillikning 90-yillarida ham davom etgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni davlat jiddiy xavf, deya qabul qildi (holbuki, o‘sha yillarda paydo bo‘lgan ijtimoiy muhit siyosiy va etnik mansubliklarni qayta idrok etishga undagan edi) va milliy, diniy hamda siyosiy kayfiyatlarning barcha ko‘rinishini siquvga oldi. Davlat ijtimoiy-mafkuraviy sektorda xuddi ittifoq zamonlaridagidek qattiqqo‘l va yagona «o‘yinchi»ga aylandi. Bitta farqi, u mafkurasiz edi, xolos. Va aynan o‘sha 90-yillarning boshida voz kechilgan kommunistik mafkura diktati o‘rnini har qanday yangi g‘oya va fikr fobiyasi egallab oldi.
Jamiyatda din, milliy o‘zlik va eng asosiysi, tarixga bo‘lgan yangicha, ochiqroq aytganda, hadiksirab qarash sovet konservatizmi konsepsiyasidan-da duragayroq tushunchani shakllantirdi. Uning eng qo‘pol shakli jamiyatning na turkiy, na islomiy mansublikka aloqador ekanini o‘jarlarcha cheklashda ko‘rindi.
Aholisining deyarli 90 foizini etnik turkiy qavm – o‘zbeklar va islom e’tiqodiga amal qiluvchi musulmonlar tashkil qiladigan mintaqaning eng katta mamlakatida KIMlik turli g‘oyalar (masalan, O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat)ni amalga oshiruvchi vatandoshlar siymosini yaratishda aks eta boshladi.
Ammo bu g‘oyalar kommunistik utopiyalarga mosligi, hayotdan uzoqligi va ham etnik, ham mafkuraviy nuqtai nazardan nohayotiyligi uchun jamiyatga singib ketmadi. Odamlarda ushbu ijtimoiy-siyosiy harakatga shubha va ishonchsizlik bilan qarash kayfiyatini uyg‘otdi.
Mustaqillikdan keyingi milliy davlat va milliy jamiyat barpo etishning bunday o‘ziga xos muhofazakor yo‘li nafaqat ichki siyosiy muvozanat, balki tashqi, xususan, mintaqaviy siyosat trayektoriyasida ham ters burilishga, o‘z qobig‘iga o‘ralashib qolishga olib keldi. Biz bir davlat va milliy jamiyat o‘laroq, yon qo‘shnilarimizdan ajralib qoldik. Iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatdagi proteksionizm va hammaga birday yotsirab qarash falsafasi bizni jismonan yakkalab qo‘ydi, ma’lum ma’noda zaiflashtirdi ham. Yaqin tariximizdagi qo‘shnilarimizga qarshi olib borgan siyosatimiz bizda milliy davlat va millat qurish jarayonlarini ortga surib yubordi. Chunki bir tirik organizm hisoblanmish mintaqa hayoti o‘zgarayotgan bir pallada yangilanishlardan o‘zni chetga olish davlatning kolonializm mafkurasiga moyilligini ko‘rsatib berdi.
Xullas, mustaqillikning o‘tgan 25 yillik davrida milliy davlat va millat qurish ishlariga jiddiy qaralmadi. Va ayni shu sabablarga ko‘ra, ko‘pchilik tahlilchilar O‘zbekistonda o‘tish davri amalga oshgan 2016 yillar so‘ngida «...Mirziyoyevga og‘ir siyosiy va iqtisodiy meros qoldi» degan fikrga kelganlarida, mutlaqo haq edilar...
Eng afsuslanarlisi, siz aytgandek, geopolitik nuqtai nazardan muhim nuqta – Yevroosiyoning markazida joylashgan mintaqaning eng yirik va barcha jihatdan ta’sir kuchiga ega mamlakati ma’lum ma’noda yopiq va dunyodan uzilgan davlatga aylanib qoldi.
Milliy davlat va millat qurilishining sovetcha konsepsiyasida qolib ketishga undagan ortodoksal mayl nafaqat ichki, balki mintaqaviy yakdillikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jumladan, bu mintaqada etnik millatchilikni «ilhomlantirib», yangi tashkil topgan respublikalarni bir-biridan begonalashtirishga xizmat qildi...
– Siz hozir mustaqillikdan keyin mintaqa davlatlari o‘rtasida yaqinlashishdan ko‘ra, paradoksal bir holat – bir-biridan begonalashish boshlandi, deyapsiz, men to‘g‘ri tushundimmi?
– Ha, taqriban shunday. O‘tgan asr boshida bo‘lib tashlangan yaxlit bir mintaqa – Turkiston xalqlari ozodlikka erishgach, turli tushunmovchiliklarga duch kelishdi. Ba’zan xafagarchilik va noroziliklar qonli mojarolarga ham aylanib ketdi.
O‘zaro nizolarga olib kelgan bu omillar chegaralar, suv, etnik salmoq talashuvlari tufayli yuz berdi. Bulardan ham yomoni qo‘shni davlatlar milliy mafkura deb hisoblayotgan narsalarning siyosiylashtirilganida ko‘zga tashlandi. Unga ko‘ra, tarix ham, mintaqaning madaniy merosi ham mutlaqo monopollashtirildi. Kimdir istehzo aralash aytganiday, mintaqaning tarixi, madaniy merosi o‘zaro nafrat tiliga aylanib qoldi...
Afsuslanarli tomoni, bugun mintaqadagi besh davlatda tarix fanining besh xil, ba’zi o‘rinlarda bir-biriga mutlaqo teskari вyerсияlarи o‘qitilmoqda. Holbuki, ularning o‘tmishi bir edi. Aytmoqchimanki, uzoq vaqt mintaqa jamiyatlarida milliy davlat va millat qurilishi jarayonlari aynan sovet usuliga mos – bir-birini inkor etish, o‘chakishish yo‘lida kechdi...
Mavzudan chalg‘ib ketdik, nazarimda. Biz kimliklar, mafkura va milliy tafakkur haqida gaplashayotgan edik. Mening tushunishimcha, kimlik (identitet)ning asosini til, madaniyat, tarix, tarixiy xotira tashkil qiladi. Tabiiyki, din ham bu borada muhim o‘rin tutadi. Umumiy ma’noda qaraganda, mafkuraviy vakuum jamiyat uchun ham, davlat uchun ham xatarlidir. Mustaqillikning ilk yillari bizda individualizm alomatlari paydo bo‘la boshlagan edi. Ya’ni davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatda uzilish kuzatilganday bo‘ldi. Yashash va kun ko‘rish tashvishi ko‘proq individning zimmasiga tusha boshladi. Kundalik turmushdagi maishiy dogmalar o‘z tusini yo‘qotib, davlat asosiy «boquvchi»lik maqomidan uzoqlashdi.
Shunday bir paytda odamga erish tuyuladigan sovetcha «tenglik konsepti» barham topib, tirikchilik har kimning qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. An’analarga e’tibor kuchaydi. Til, o‘zlik, tarix, milliy qadriyatlar haqida ko‘p gapirila boshlandi. Aslida, shularning o‘zi ham qaysidir ma’noda mafkura edi. Ya’ni sotsiumning o‘zi o‘zi uchun yaratgan mafkurasi. Ammo, taassuflar bo‘lsinki, jamiyatdan chiqqan ushbu tashabbus – iqtisodiy liberalizm ham, individualizm va traditsionalizm ham iliq kutib olinmadi yoki qayta ishlanmadi, inkor etildi; hali aytganimday, o‘sha paytdagi siyosiy elita bundan cho‘chidi.
Masalan, o‘sha yillari davlat «sovet grajdani» ekanidan g‘ashlanib yoki shubhalanib, aslini, o‘zligini qidirayotgan jamiyat yo‘lini ochiqchasiga to‘sdi. Milliy o‘zlik tuyg‘usi, tarix va an’analarga qarash milliy xavf sifatida qabul qilindi. Ular o‘rniga eski tuzumdan qolgan gumanistik to‘qima yoki sovet «makoni»dan ko‘chirib o‘tilgan qadriyatlar – «xalqlar do‘stligi», «baynalmilallik», «ko‘p millatli xalq» degan tushunchalarga zo‘r berildi.
Albatta, bu o‘ylangan va chuqur mantiqqa асосланgaн tadbir edi. Ya’ni, qulab tushgan mafkura xarobalarida o‘zini izlayotgan jamiyatni retraditsionalizatsiya – oila qadriyatlari, o‘z urug‘i, etnosi singari tarixiy sarchashmalarga qaytishdan, davlat «radikal millatchilik» deb ҳисоблаyoтgaн xavfdan ihotalab turish kerak edi. Biz tilga olayotgan shu qo‘rquv, afsuski, davlat siyosatiga nafaqat muqim o‘rnashib qoldi, balki uning «fazilati»ga aylanib ketdi.
Jamiyatga g‘alati bir g‘oya singdirila boshlandi. Unga ko‘ra, biz kommunistik mafkurani inkor etamiz, kimligimizni ko‘rsatib beruvchi etnogenez tushunchasi, madaniyat va qadriyatlar silsilasi ham shart emas. To‘liq konservator ham, liberal ham emasmiz. Biroq mavjudmiz, mustaqilmiz. Egamenligimizni ko‘rsatuvchi tug‘romiz, bayrog‘imiz va yana nimalarimizdir bor...
Yaxlit bir jamiyatda shunday g‘alati, bir-birini inkor qiluvchi simbiozning bo‘lishi mumkinmi? Favqulodda paydo bo‘lgan bunday dixotomik nazariyani tushunish qiyin edi: biz liberal jamiyat qurmoqchimizmi yoki konservativ? Yoki bo‘lmasa, postsovet davlat sifatida endi sovet o‘tmishi xotiralari bilan yashaymizmi yo milliylik sari yuzlanamizmi, hozir qaysi bosqichdamiz, biz o‘zi kimmiz, mintaqada, dunyoda tutgan maqomimiz qanday, atrofdagilar bizni kim deb atagani muhim? Milliy davlat shakllantiramizmi, millat qurish masalasi nima bo‘ladi?..
Bu javobi yo‘q savollar jamiyatda ham, davlat siyosatida ham o‘sha siz aytgan tushuniksiz manzara hukmron ekanini anglatardi. Ushbu ko‘rinishlar – iqtisodiyotdagi, ichki va tashqi siyosat, ma’naviy-mafkuraviy hayot va odamlar turmushidagi mavhumiyatni salbiy ma’nodagi davlat proteksionizmi «oziqlantirib» turardi.
O‘z qobig‘iga o‘ralib qolish, mamlakatni barcha «ta’sirlar»dan yopish yoki shunday deb o‘ylash, bugungi globallashgan dunyoda absurd, albatta. Biroq sanab o‘tilgan omillar quruq nazariya yoki elitar «qarich» bo‘lmay, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini, uning tabiatini uzoq vaqt belgilab kelgani ham bor gap. Siz ishora qilayotgan dekolonial konteksdagi kimlik, an’analar silsilasi, o‘tmish, etnik mansublik yoki millat, milliy davlat tushunchasi va hatto tarixiy шахсlarga nisbatan qarashlarimizni ham hukmron rejim belgilab berdi. Va qanchalik g‘alati eshitilmasin, aynan shu qarashlari bilan u o‘zi inkor etayotgan sotsial mafkuraning «yo‘nilgan» muqobiliga aylandi. Qiziq paradoks: rasman bizda mafkura yo‘q, biroq umummuhitning har burchida u qoldirgan izlarni ko‘rish mumkin edi... Shu va hozir hisobga olish nazardan ko‘tarilgan boshqa jihatlar odamlarimiz tafakkuridagi fikriy turg‘unlikning asl sabablari sifatida bir-biriga o‘rin bo‘shatmay keldi.
Bizda hozir millat, milliy davlat, milliyat haqida gapirayotganlarning ko‘pchiligi romantik fikrlaydigan kishilar. Eng qaltis tomoni, gapirayotgan mavzularimiz bizda hali tuzuk-quruq ilmiy jihatdan tadqiq ham qilinmagan.
Masalan, globallashuv nuqtai nazaridan, bugungi zamonaviy dunyoda biz millat deganda nimani tushunishimiz kerak, milliy davlat bir etnosga tegishli bo‘lishi kerakmi yoki turli etnoslar yig‘indisi bo‘lgan vatandoshlarning qandaydir uyushmasimi? Mafkura, davlat rasmiy mafkurasi haqida ham shunday deyish mumkin.
Bizda bu borada aniq qarashning o‘zi bo‘lmagan. Buning sababi esa mustaqillikda kechgan chorak asrlik davrda ham siyosiy madaniyatning shakllanmaganiga, to‘g‘rirog‘i, unga yo‘l berilmaganiga borib taqaladi.
– Ayting-chi, siz hozirgina alohida urg‘u bergan 2016 yildan keyin mamlakatda, qolaversa, mintaqada nima o‘zgardi? O‘zingiz tilga olgan Saidning iqtibosidagi «mute»likdan chiqish yuz berdimi? Keyin, siz avvalgi savolimning ikkinchi qismini esdan chiqargandek bo‘ldingiz. Ya’ni jamiyatda va ijtimoiy-siyosiy hayotda ajabtovur epitet – «Yangi O‘zbekiston» kalimasining paydo bo‘lishiga sabab nima?
– Darhaqiqat, bunga ham ma’naviy, ham сиyoсий nuqtai nazardan ehtiyoj bor edi. Chunki odamlar ham, davlat ham endi bu yo‘sin yashab bo‘lmasligini teran anglayotgandi. Yangi O‘zbekисtoн sifatlovchisi esa shu yo‘lda safarbarlik yoki istiqboldagi yangilanishlarga da’vat – ishoradek kun tartibiga chiqdi.
Bu boradagi mulohazalarimni Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida ish boshлаgaн davrdagi vaziyat bilan davom ettirsam to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki asl holat mohiyatni teranroq ochib beradi.
Xo‘sh, o‘sha paytdagi ahvol qanday edi?
Ochiq aytaman, havas qilarlik emasdi. Shavkat Mirziyoyevning iqtidorga kelishi ham global, ham mintaqaviy va mahalliy inqirozlar zamoniga to‘g‘ri keldi. Xususan, AQSH harbiy kontingentining Afg‘onistondan olib chiqilishi, pandemiya, hali batamom tugamagan jahon iqtisodiy inqirozi, mintaqamizdagi ichki va chegaraoldi milliy nizolar, jamiyatimizda uzoq yillar yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar...
Bularning barchasi xuddi atay kutib turganday, Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida faoliyat boshlagan pallaga to‘g‘ri keldi. Masalan, bundan atigi 7-8 yil oldin mintaqadagi qo‘shnilar orasidagi munosabatlar qanday bo‘lganini siz ham yaxshi bilasiz. Shunday bir vaqtda Afg‘onistondagi oxiri noma’lum bo‘lgan voqealar, albatta, yetarli xavotir va tashvish uyg‘otdi. Bundan tashqari, mintaqaning lahtaklarga bo‘linib ketgani Markaziy Osiyo darajasida yakdil fikrlashni qiyinlashtirdi. O‘sha paytda integratsiya haqida o‘ylashdan ko‘ra, qo‘shnilar o‘rtasida xohlagan paytda chiqishi mumkin bo‘lgan janjalni tusmollash haqiqatga yaqindek ko‘rinar edi.
Albatta, munosabatlardagi bunday beqarorlik atrofdagi o‘yinchi katta kuch markazlari manfaatiga mos edi. Ya’ni o‘zaro totuvlikning yo‘qligi mintaqani nochorlik botqog‘ida tutib turardi...
– Shu yerda gapingizni bo‘lsam. Sababi, siz aytayotgan ayni diskurs-mulohazani tinglayotib, xayolimda bir fikr uyg‘ondi. Xalqaro siyosiy adabiyotlarda «Yevroosiyo Bolqonlari» degan atama tez-tez uchraydi. Bu yerda gap aynan siz yashayotgan mintaqa haqida ketayotganini bilsangiz kerak?!
– Ha, adashmasam, ushbu atamani ilk bor Z.Bjezinskiy qo‘llagan edi. U o‘zining mashhur asari «Buyuk shaxmat taxtasi»da bu haqda атрофлича gapirgan. Garchi ushbu tezis o‘z xarakteriga ko‘ra, siyosiy pisandadek tuyulsa-da, iddao asossiz emas edi. Bizdagi vaziyat ham xuddi Yevropa Bolqonlaridagidek siyosiy va etnik mojarolar, bir-biridan xafagarchiligu turli ziddiyatlarga to‘la edi. O‘zbekistonning yon qo‘shnisi Tojikiston yoki Qirg‘iziston bilan o‘sha davrdagi munosabatlarini bir esga oling: tojik lideri Emomali Rahmon deyarli yigirma yil Toshkentga qadam bosmagandi. Tez-tez siyosiy o‘zgaрishlar amalga oshib turadigan yana bir qo‘shnimiz Qirg‘iziston bilan aloqalarimiz ham bundan pesh emasdi.
Hamma bilgan narsani yashirib nima qildik? Birinchi ma’muriyat davrida Qirg‘izistonning avvalgi barcha rahbarlari bilan munosabatlar hech qachon samimiy bo‘lmagan. Xuddi shunday, qozoq qardoshlar bilan ham ko‘zdan pana ziddiyatlarimiz yo‘q emasdi. Bu ko‘proq mintaqa liderligiga da’vo qilish – «sen zo‘rmi», «men zo‘r» qabilidagi mutlaqo zararli «tortishuv» misolida ko‘rinib qolardi. Shunday kayfiyat hukmronlik qildiki, go‘yo birlashish haqida umid qilish ham foydasizdek ko‘rinardi. Shavkat Mirziyoyev ana shunday ijtimoiy-siyosiy tushkunlik, ishonchsizlik davrida O‘zbekiston rahbari etib saylandi.
Xo‘sh, shunday paytda nima qilish kerak edi?
Albatta, vaziyatni to‘g‘ri baholash, kerak bo‘lsa, «otdan tushish» talab etilardi. Shavkat Miromonovich shunday qildi. Qo‘shnilar o‘rtasidagi muzlarni eritish, ular bilan samimiy munosabatlarni qayta tiklashga kirishdi. Shu harakatlar samarasi o‘laroq, 2018 yilga kelib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat kengashi ish boshladi. Garchi tuzilma yarim инститuциоnaл bo‘lsa-da, uzoq yillik tanaffus va o‘zaro tushunmovchiliklardan keyingi bir-birini anglash, fikrni bir joyga jamlab olish uchun o‘ta muhim supa – platforma vazifasini bajardi. Davlatlarimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar, iqtisodiy-siyosiy aloqalar tiklandi. Eng muhimi, mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotida yuzaga kelgan ijobiy muhit uning yaxlit bir xalqaro sub’ekt sifatida barqaror shakllanishini ta’minlab berdi.
Shu o‘rinda men janob Bzejinskiyning bashoratlari oqlanmadi, deb bemalol ayta olaman. Va yana aytishga haqlimanki, Shavkat Mirziyoyev uning tushunchasini ma’lum ma’noda «tahrirladi». Bugun Markaziy Osiyoda raqobatdan ko‘ra, hamkorlik, gina kuduratu adovatdan ko‘ra, do‘stlik va qardoshlik kayfiyati hukmron.
Da’voim asossiz bo‘lmasligi uchun oddiy bir misol keltiraman. Bu yil Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarini hammamiz ko‘rdik. Unda mamlakatimiz atletlari yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Qiziq va o‘z o‘rnida odamni xursand qiladigan jihat shunda ediki, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizni qo‘shni davlatdagi qardoshlarimiz ham xuddi bizdek olqishlashdi. Ijtimoiy tarmoqlar «Yashasin qardoshlarimiz, Markaziy Osiyo – Turkiston farzandlari hech kimdan kam emas, biz buyuk xalqmiz» degan yozishma-yu qutlovlarga to‘lib ketdi. Albatta, bu mintaqa tarixi, bugungi hayoti bilan qiziqadigan odamlar, mutaxassislarning e’tiboridan chetda qolmadi. Masalan, o‘sha kunlari ayni hodisaga rossiyalik yirik olim, O‘rta Osiyo mamlakatlari ijtimoiy antropologi va tadqiqotchisi Sergey Abashin shunday munosabat bildirdi: «2024 yilgi Olimpiada favqulodda muhim voqeaga aylandi. Gender va san’at mavzulari muhokamasi bilan emas, balki, eng avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari va ayniqsa, 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 13-o‘rinni egallagan O‘zbekiston sportchilarining ko‘rsatgan ajoyib natijalari bilan esda qoladigan bo‘ldi (eslatib o‘tmoqchiman, Olimpiada yutuqlari bilan bir qatorda, o‘zbek shaxmatchilari ham so‘nggi yillarda jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelyapti). Sport tilida aytganda, biz Markaziy Osiyo davlatlari umumbashariy miqyosda tanilayotgan va tan olinayotgan muhim o‘yinchilarga aylanib borayotganiga va o‘z sub’ektligini anglab yetayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu dunyoda va sobiq postsovet hududida haqiqiy tarixiy siljish bo‘lib, hali uzoq davom etadigan va shubhasiz, tabiiy jarayondir».
Sizga ma’lumot uchun yana bir misolni keltirmoqchiman. Bu qirg‘izistonlik mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqot bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, Qirg‘izistonda 2016 yili, ya’ni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar bo‘lgan davrda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda ishtirokchi-respondentlar O‘zbekistonni eng nodo‘st davlatlardan biri, deb hisoblagan bo‘lsa, oradan atigi bir yil o‘tib, 2017 yilgi so‘rovlarda eng yaqin do‘st mamlakatlardan biri sifatida qayd etishgan.
Yana bir statistika: agar 2016 yil oxirida O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 200 million dollardan oshmagan bo‘lsa, 2022 yilga kelib, ushbu ko‘rsatkich bir necha barobarga o‘sdi – qo‘shnilar bilan 1 milliard 300 million dollarlik tashqi savdo amalga oshirildi.
Xabaringiz bo‘lsa kerak, o‘zbek va qirg‘iz fuqarolari o‘rtasida mustaqillikdan keyin bir necha bor qonli mojarolar yuz berdi. Ular asosan suv, chegara va etnik kelishmovchiliklar fonida kechganini yaxshi eslaymiz. Albatta, bu o‘rinda men manfaatdor kuchlar va markazlarning ham ta’sirini istisno qilmayman. Kezi kelganda, bir muhim faktga to‘xtalmoqchiman. O‘tgan yili Qirg‘iz Respublikasi rahbari «Ozodlik» radiosiga bergan intervyusida bevosita tariximizning o‘sha qora kunlariga ishora qilganday bo‘ldi. Mana qarang, u nimalar degandi:
«...Endi eng asosiy masalaga to‘xtalsam. O‘zbek tomoni shundoq ham O‘zbekistonga oqayotgan suvni qay usulda olishining bizga farqi bormi? Quvur orqalimi, ariq yoki havodanmi – ahamiyati yo‘q. Muhimi, har bir harakat o‘zaro kelishib olinishi kerak. Bundan buyon qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi mustahkam bo‘ladi. Do‘stlik rishtalarimizni Xudodan boshqa hech kim uza olmaydi. Shu bois ham, Yaratgan Egamdan hamisha tinch yashashimizni so‘rashimiz kerak».
Mintaqa davlatlari siyosiy elitalari, qolaversa, oddiy odamlar o‘rtasidagi bunday samimiyat, qat’iy siyosiy iroda qayoqdan paydo bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?!
Fikrimcha, shu muxtasar misollar ham 2016 yildan keyin mintaqada nimalar bo‘lganini ko‘rsatishga yetadi. Qolaversa, bugun O‘zbekисtoнning birorta qo‘shnisi bilan chegara bo‘yicha muammosi yo‘q. O‘zbekiston qo‘shnilari bilan ikki tomonlama va turli tuzilmalar doirasida дўсtona munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan.
– Ammo bu tashkilotlarning ko‘pi an’anaviy – masalan, SHHT, MDH, KXSHTga o‘xshash uzoq yillik o‘tmishga ega institutlar ekanini ham hisobga olish kerak. O‘zbekiston bu doiralarda begona emas edi...
– Sizni tushundim. Agar e’tibor bersangiz, O‘zbekiston o‘tgan davrda qat’iy faoliyat olib borgan siyosiy-iqtisodiy tuzilmalar otalig‘i, garchi oshkor aytilmasa-da, asosan atrofimizdagi kuch markazlari qo‘lida edi. Ularning ta’sir pishanglari ham, mafkuraviy muddaolari ham deyarli aniq sezilib turardi. Yangi davrga kelib esa O‘zbekistonning tashqi siyosat vektorlari rang-baranglashdi. Hali siz bilan gaplashganimiz, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlari, «5+1» deb ataluvchi formatdagi platformalarning paydo bo‘lishi bevosita O‘zbekistondagi siyosatning o‘zgargani hisobiga yuz berdi, desam, haq gapni aytgan bo‘laman. Mintaqa tashqi siyosatidagi ayni yangilanishlar Markaziy Osiyo darajasida umumiy fikrlash taжрибасиning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bugun siyosatchilar va hatto davlatlarimiz rahbarlari nutqlarida tez-tez uchrayotgan mintaqaviy «kim»lik (identitet) tushunchasining kun tartibiga kelishi, o‘ylaymanki, tarixiy hodisadir. Mohiyatan bu konsept o‘tgan asrning 20-yillarida jadid bobolarimiz irodasi bilan dunyoga kelgan, ammo tez zalolatga uchragan Turkiston g‘oyasining majoziy in’ikosidir...
Bundan tashqari, 2019 yili O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkiloti(TDT)ga a’zo bo‘lishi ham mintaqa, qolaversa, tashkilot kun tartibini o‘zgartirdi, maqomini yuksaltirdi. Joyi keldi, shu o‘rinda aytishim kerak, O‘zbekiston bir asrlik tarixida ilk bor o‘zining turkiy etnosga mansubligini rasman e’lon qildi. Bu misol ham siz aytgan o‘sha, davlatning, jamiyatning «kim»sizligi haqidagi savolingizga javob bo‘lishi mumkin.
– To‘g‘ri, mintaqaning vektorlar masalasidagi siz sanab o‘tgan deyarli barcha qadamlar qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi iliqlikni ta’minlashga, qolaversa, integratsion kayfiyatni qat’iylashtirishga xizmat qiladi. Ammo bu yerda istisnoli holatlar ham bor. Masalan, siz mintaqaviy yoki turkistoncha «kim»likka ilhomlantiruvchi, deb atayotgan TDTda Markaziy Osiyodagi beshinchi bir davlat – forsiy tilli Tojikiston ishtirok etmaydi...
– Juda o‘rinli masalani ko‘tardingiz. Darhaqiqat, bugungacha shunday. Bunga nima sababligini ham bilamiz. Albatta, umumiy tarix, madaniyat bu yo‘nalishda muhim poydevor ekanidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Lekin a’zolar yaxshi anglashyaptiki, bugungi global dunyoda faoliyat istiqbolini etnik asoslar yoki jo‘n bir millatchilik atrofiga qurib bo‘lmaydi.
Endi turkiy integratsiyaning xaritadagi joylashuviga nazar solsak, turkiy dunyo va turkiy mamlakatlar Yevroosiyoning o‘rta zonasida joylashganini ko‘ramiz. Ajdodlarimiz butun tarix mobaynida xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan bog‘lashdek missiyani bajarib kelgan. Buyuk ipak yo‘li mintaqa orqali o‘tgan, bu yerda paydo bo‘lgan davlatlar, imperiyalar G‘arbiy Yevropa bilan Xitoyni, Shimol bilan Janubni o‘zaro birlashtirib turgan. Hech shubhasiz, ushbu merosga Tojikiston ham bevosita daxldordir.
Tojikiston til jihatdan forsiy bo‘lgani bilan, umumiy tarix va madaniyat nuqtai nazaridan mintaqa xalqlarining ajralmas bo‘lagidir. Qolaversa, ular nafaqat tarix, balki madaniy-ma’rifiy mozaika, qadriyatlar silsilasi jihatdan ham (jumladan, diniy motivlar nuqtai nazaridan) fors tilli Eronga emas, bizga yaqin. Va yana agar a’zolik faqat tilga asoslanadigan bo‘lsa, bugun tashkilotning faol kuzatuvchisi vengerlar tili ham turkiy emas, fin-ugor tillari oilasiga mansubligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Xullas, menda qandaydir sobit ishonch borki, Tojikiston ushbu tashkilotga (hech bo‘lmaganda, kuzatuvchi maqomida) taklif etilsa, ayni kontekstdagi yakdillik masalasi bus-butun bo‘lardi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim.
– Shundoqqina janubiy biqinlaringizdagi Afg‘oniston-chi, u ham jug‘rofiy joylashuviga, etnik va madaniy komponentlariga ko‘ra bunga haqli emasmi?
– To‘g‘ri, bugungi geosiyosiy o‘lchamlarga ko‘ra, Afg‘oniston mintaqaning bir qismi. Jug‘rofiy mansublikdan bo‘lak, bu yerda katta nufusli turkiy xalqlar ham yashaydi. Qolaversa, ushbu mamlakatning ma’lum bir qismi (bugungi Афғоniсtoнning shimoli) tarixda Janubiy Turkiston deb ham atalgan. Shu nuqtai nazardan va qolaversa, mintaqaning ko‘p vektorli tashqi siyosatini belgilash uchun ham janubdagi bu qo‘shni davlat juda muhim, deb o‘ylayman. Negaki, ushbu davlat hududini kesib o‘tadigan yo‘l bizni global dengiz bandargohlariga olib chiqadi.
Nazarimda, mintaqa masalasida keragicha gapirdim. Endi ruxsat bersangiz, bevosita mamlakatimiz – O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy hayotida yuz bergan evrilishlarga to‘xtalsak. Zotan, ayni o‘zgarishlar siz menga qayta-qayta eslatayotgan «Yangi» sifatlovchisining mohiyatini yanada teranroq ochib beradi.
Avvalo, shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2016 yildan keyin O‘zbekistonning siyosiy lisoni – tili o‘zgardi. Bu suhbat boshida aytganim – o‘zlikni tanish, keng ma’nodagi identitet-kimlikni «qidirish»dan boshlandi, nazarimda. Bir o‘ylab ko‘ring, davlatning rasmiy tarzda o‘zini ifoda etadigan, egamenligini tasdiqlaydigan barcha ramzlari – bayroq, gerb, madhiya, pul, armiya, chegaralari bor, ammo ularga qo‘shimcha yana qandaydir notugallik ham borday edi. Tasavvur qiling, hamma narsa bor, lekin bular hech narsani o‘zgartirmaganday taassurot uyg‘onadi... Bizda xuddi shunday edi. Va bu tushkun kayfiyat, mohiyatiga ko‘ra, bizni Said nazariyasi (Oriyentalizm)ga yaqinlashtirib turardi. Ha, anglayotganingizday, O‘zbekistonning davlat sifatida milliy «kim»ligidan bo‘lak hamma narsasi bor edi. Uning qalbi – o‘zligi yo‘q edi. U bir asrdan ortiq vaqt nari «sug‘urib» olingan qalbini qidirayotgan, uningsiz o‘zini notugal va noraso sezayotgan edi. Men go‘zal shoirimiz, ulug‘ jadid, Stalin qatag‘oni qurboni Abdurauf Fitratning bir zamonlar «Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi, senga ne bo‘ldi?..» deya o‘tli nido berganini bugun yaxshi tushunaman: u qalbsiz qolgan Vatanining, Millatining poyida hammasini tushunib, yurakdan anglab faryod qilgan ekan... O‘zligi, kimligi, keng ma’noda aytganda, qalbi sug‘urib olingan millat qaram yoki xoslar davrasidagi «o‘zga» bo‘ladimi, yo‘qmi?! Men so‘zim avvalida Said va uning nazariyasi – «Oriyentalizm» haqida shuning uchun gapirgan edim.
Shaxsiy qarashlarimga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev buni avvaldan teran anglagan. Negaki, u rahbarlikka keliboq mustaqillikning deyarli 26 yili davomida gapirilmagan, hatto, ba’zan taqiqlangan mavzularni o‘rtaga olib chiqdi.
Turkiy xalqlarning bobokaloni Bilga Xoqon bitiklaridan siyosiy matnlarga iqtiboslar olindi, minbarlardan gapirildi. Eng hayratlanarlisi, bizning mafkuraviy bayramimiz bo‘lmish Mustaqillik tantanalarida yozilganidan buyon tabu urilgan «Go‘zal Turkiston» she’ri qo‘shiq qilib aytildi. Fitrat juda ko‘p tilga olindi. Mustabidlik davrida qatag‘on qilingan yuzlab millat oydinlari, jumladan, shu paytgacha bizga «bosmachi» deb o‘rgatib kelingan milliy harakat a’zolari Oliy sud tomonidan oqlandi. Toshkentda jadidlar ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkillashtirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT minbaridan turib, o‘zbek tilida nutq qildi... Mamlakatda diniy, siyosiy va so‘z erkinligiga yo‘l berildi. «Qora ro‘yxat»lar, eng asosiysi, O‘zbekistonni dunyoga mustaqillikdan keyin ham eski zamonlardagidek ko‘rsatib turadigan paxta yakkahokimligi, majburiy, ayniqsa, bolalar mehnatidan voz kechildi. Butun dunyoga ovoza bo‘lgan, siyosiy va diniy mahbuslar saqlanadigan Qoraqalpog‘istonning «Borsa kelmas»idagi «Jasliq» hibsxonasi yopildi...
Va bu sanaganlarim haqli ma’noda bugungi O‘zbekistonni kechagisidan farqlashga xizmat qildi. Qolaversa, akademik nuqtai nazardan aytadigan bo‘lsak, juda sokin va ortiqcha shov-shuvlarsiz amalga oshirilgan ayni harakatlarni davlat va jamiyatning milliy o‘zlikka bo‘lgan intilishi, kolonial va neokolonial bosimlardan qochish, deb sharhlasak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Men Shavkat Mirziyoyev davrida jamiyatni yangilash, sovet tutumlaridan voz kechish jarayonlarini jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar qilindi, deya olaman. Keling, sizga ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir misolni keltiraman.
Sovet zamonida barcha ittifoqdosh респuбlikаlar poytaxtlari qatori Toshkent markazida ham «Bosh maydon» bor edi. «Lenin maydoni», deb atalmish ushbu go‘shada qizil dohiyning muhtasham supaga o‘rnatilgan baland haykali qad rostlab turardi. Mustaqillikdan keyin proletariat otasining bronzadan quyilgan siymosi «yiqitildi». Maydon esa deyarli shunday qoldi. Faqat Lenin joy bo‘shatgan o‘sha supada endi yer sharining maketi paydo bo‘ldi. Globus markaziga bilinar-bilinmas tortilgan hoshiya ichiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yildi va joy nomidan Lenin olinib, mustaqillik so‘zi qo‘shib qo‘yildi. Shunday qilib, bu joy «Mustaqillik maydoni»ga aylandi. Anglashilishicha, ozodligimizning mazmuni shu edi, xolos...
Yangi O‘zbekistonda ushbu masalaga jiddiyroq yondashildi. Ya’ni ayni go‘sha inkor qilinmagan holda, poytaxt biqinida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i bunyod etildi.
O‘rni kelganda aytay, ba’zilar «bizda Мuсtaқилlik maydoni bor edi, yana bitta shunday majmua bo‘ladimi?» degan chalkash tasavvurga bordi. Ammo bu xato fikr edi. Ayniqsa, g‘oyaviy nuqtai nazardan.
Mustaqillik maydoni, hali aytganimday, sobiq Lenin maydoni o‘rnida paydo bo‘lgandi. Hatto uning badiiy landshaftida – ifoda uslubida ham keskin milliylashtirilgan va markazlashgan tugal mafkura yo‘q edi. Qolaversa, u mundarija nuqtai nazaridan nihoyatda chegaralangandi. Avvaliga o‘sha eski supa markaziga O‘zbekiston so‘zi yozilgan yer sharining nusxasi o‘rnatildi. Bu mohiyatan dunyoda shunday bir yangi davlat paydo bo‘lganini anglatardi. Qolaversa, kamtarona va sezilarli hadik aralash bizning ozodligimizni anglatishga yo‘naltirilgandek edi, nazarimda. Lekin minglab yillik tarixga ega buyuk millatimiz faqat qaramlikda yashagan emas, balki uning yuqorida aytganimizdek, dunyo xalqlari havas qiladigan shonli o‘tmishi, o‘lmas qahramonlari, ular ko‘rsatgan mislsiz jasoratlar, buyuk va betimsol madaniyati bor.
Shavkat Miromonovich mazkur bog‘ni barpo etishni o‘ylar ekan, ayni shu motivni nazarda tutgandi. Bugun dunyoning turli burchidan kelgan mehmonlar, sayyohlar, siyosatchi-yu davlat rahbarlari borib ko‘radigan Bosh maydonimizda aks ettirilgan tarix nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizning umumiy o‘tmishi, маdanиятini ham qamraydi, desam, adashmagan bo‘laman.
Aslini olganda, mintaqada umumiy kimlik-identitetni aniqlash, ushbu mamlakatlarda yashayotgan odamlar o‘ziga qanday ta’rif berayotgani va kimligini nimalarga asoslanib aytayotgani juda muhim.
Shu ma’noda aytganda, bugun nafaqat iqtisodiy-siyosiy, balki madaniy-gumanitar sohalarda kechayotgan yaqinlashuv ming yillardan buyon qo‘shni yashab kelayotgan xalqlarning bir-birini tushunishi, bahamjihat, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, «Yangi O‘zbekiston bog‘i» kabi global loyihalar o‘z samimiyati va haqqoniyligi, mintaqa xalqlari e’tiborini bir nuqtaga jamlashi bilan nihoyatda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bunday yirik g‘oyalar biz uchun bugun nihoyatda zarur.
O‘ylaymanki, savollaringizning hech biri ko‘zdan panada qolmadi.
– Rahmat! Yana bir savolim bor. Hamma ko‘rib turibdiki, bugun Markaziy Osiyo atrofidagi geosiyosiy vaziyat o‘zgarmoqda. Bu mintaqada yangi aktorlar paydo bo‘layotganini ham anglatadi. Tabiiyki, bu holat ikki lokomotiv davlat – O‘zbekiston va Қозоғисtoнning ichki hamda tashqi siyosatida ma’lum o‘ng‘aysizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, qaysidir kuch iqtisodiy manfaatini ko‘zlab bosim qilsa, boshqa biri mafkuraviy-siyosiy nuqtai nazardan bu davlatlarni geosiyosiy ob’ekt maqomida ushlab turishga urinadi. Ayting-chi, O‘zbekistonga shunday bosimlar bo‘lsa, amaldagi hukumat – Prezident Mirziyoyev qaysi global kuch tomonida bo‘lishi mumkin?
– Juda qiziq, Prezidentimiz xuddi shu yo‘sinda savollar bo‘lishini bilgandek, joylardagi ma’ruzalarida bu haqda aniq va lo‘nda to‘xtalgan. Masalan, 2023 yil 22 dekabrda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida Shavkat Miromonovich shunday degan edi:
«Bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olmoqda. Ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda. Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan дипломатия va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvohmiz».
Xuddi o‘sha yili Surxondaryo viloyatidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqida esa siz so‘ragan savolning aynan o‘ziga javob bergan ekan. Mana, davlatimiz rahbari bu haqda nimalar degan:
«Hozir katta-katta davlatlar: «O‘zbekисtoн, sen kim tarafda. Bo‘ldi endi, neytral bo‘lib yurishing bo‘ldi, yo u tomonga o‘tgin, yo bu tomonga o‘tgin», deya qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib, shunga da’vat qilyapti. «O‘rta Osiyoda O‘zbekiston bizga kerak, 36 million bo‘ldi, 3-4 yilda 40 million bo‘ladi, katta davlat bo‘ladi, kim tarafsan?» deyapti. Qarang, shunday og‘ir savolga qanday javob berish kerak? Javob bitta: bir tomonman, millatim, xalqim, buyuk O‘zbekисtoniмning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman».
Siz bergan savolga bundan ham aniq va lo‘nda javob berish mumkinmi?!
– Rahmat. To‘g‘risi, suhbatimizdan katta zavq oldim. Men qiziqqan mamlakat haqida, uning kechagi va bugungi hayoti hamda tarixi haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Ayniqsa, menga «Yo‘qotilgan qalb» haqidagi izohingiz juda yoqdi. Darhaqiqat, qalbning yo‘qolishi ma’naviy qaramlik, qullikning aynan o‘zi ekanini hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Eshitganlarimdan shunday xulosa chiqardimki, bugun O‘zbekiston o‘z identikligini, o‘z «men»ini yoki sizning so‘zingiz bilan aytganda, o‘z «qalb»ini topgan. O‘ylaymanki, sizning fikrlaringizni to‘g‘ri tushundim.
– Ha, mutlaqo to‘g‘ri! Sizga yana bir bor katta rahmat!
O‘zA
- Qo'shildi: 18.11.2024
- Ko'rishlar: 426
- Chop etish