Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy

Saidov Akmal Xolmatovich

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq  Markazni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.

Markaz direktori yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga:

Markaz vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan hamkorlik qilish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis qo'mita va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar hay'atlari, Oliy sud Plenumi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi, ilmiy va ta'lim muassasalarining ilmiy kengashlari yig'ilishlarida ishtirok etish;

inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta'minlash va himoya qilish muammolari bo'yicha davlat organlari, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari o'tkazadigan yig'ilishlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish;

jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish;

inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, Markaz vakolatlariga taalluqli masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

davlat organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, ilmiy va ta'lim muassasalari hamda boshqa tuzilmalarda inson huquqlarini ta'minlash bo'yicha faoliyat amaliyotini joylarda bevosita o'rganish;

inson huquqlarining buzilishi aniqlangan holatlarda vakolatli davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilganligi haqidagi ma'lumotlar tekshiruvini uyushtirish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini amalga oshirish, ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish shakllari bo'yicha tavsiyalar taqdim etish;

manfaatdor tashkilotlarga inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini ta'minlash bo'yicha tavsiya berish;

Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha xalqaro maydonda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;

Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha «davra suhbatlari», konferentsiya va seminarlar tashkil qilish va o'tkazish;

xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo'yicha milliy institutlari bilan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etish bilan bog'liq masalalar bo'yicha hamkorlikni amalga oshirish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega.