Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2018 yil 4 maydagi Qo'shma qarori bilan tasdiqlangan din va e'tiqod erkinligini ta'minlash, sohadagi taklif va tavsiyalarni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan parlament eshituvi o'tkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferentsiya tarzida bo'lib o'tgan parlament eshituvida deputatlar, senatorlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari, ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik institutlari faollari bilan bir qatorda, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik vakolatxonalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Ana shu ishtirokchilar jamiyatda din va e'tiqod erkinligini ta'minlash, milliy va diiiy totuvlik, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlik va bag'rikenglikning ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirdilar. Shu fikrlarning bir qismi bilan "Xalq so'zi" gazetasining 2020 yil 22 may sonida e'lon qilingan "Biz va jahon" ruknidagi interv`yular turkumi orqali tanishish mumkin.
Ushbu material "Amaliy ishlar diniy erkinlik va inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan" sarlavhasi ostida chop etilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 22.05.2020
- Ko'rishlar: 4318
- Chop etish