Oliy Majlis Senati 2020 yil 28 fevralda bola manfaatlariga xizmat qiladigan muhim qonunni tasdiqladi. Ushbu qonun loyihasi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzatillo Tillaboev "Narodnoe slovo" gazetasining 2020 yil 10 may sonida e'lon qilingan "Bolaning fikri muhim" ("Важно мнение ребенка") nomli maqolasida qayd etganidek, mazkur qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 aprelda qabul qilingan “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida tayyorlangan.
Markaz tomonidan “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Shu asosda bir qator qonun hujjatlari, xususan, Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi qonunlarga o'zgartirishlar kiritish belgilangan.
Milliy qonunchilikdagi bu yangiliklar Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya talablari va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga to'la mosdir.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 16.05.2020
- Ko'rishlar: 4378
- Chop etish