Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan onlayn ko'rik-tanlov o'tkazilmoqda

20 noyabr – Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan onlayn ko'rik-tanlov o'tkazilmoqda.

Tanlovda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan O'zbekistonning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari quyidagicha:

1. Eng yaxshi ijro etilgan qo'shiq. Bunda joriy yilda BMTning 75 yilligiga bag'ishlangan “UN75” onlayn-tadbirida O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijodiy rahbarligida O'zbekiston Qahramoni, shoir Erkin Vohidovning “Inson” qasidasi o'zbek, qozoq, turk, arab, ingliz, rus, italyan va tojik tillarida kuylangan qo'shiqni ijro etib, bizga yuboring;

2. Bola huquqlariga oid eng ta'sirli tayyorlangan videorolik. Bunda ijodiy yondashgan holda bolalar huquqlariga oid roliklar tayyorlab yuborishingiz mumkin;

3. Bola huquqlariga oid eng ma'noli chizilgan rasm.

4. Eng yaxshi tayyorlangan “Bola huquqlari”ga oid huquqiy ma'lumotlar. Sizning ijroingizda, videorolik ko'rinishida.

Materiallar telegramdagi quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

@YoshlarParlamenti_Senat

(https://t.me/yoshlarparlamenti_official)@Respublikatanlov

Baholash me'zonlari quyidagicha:

Ijodiy ishning mavzuga mosligi – 50 ballgacha;

Ijodiy ishning ta'sirchanligiga – 50 ballgacha;

Tanlovda 4 ta yo'nalish bo'yicha 3 nafardan mutloq g'olib va Respublikamizning barcha hududlaridan 1 nafardan eng faol ishtirokchilar aniqlanadi. G'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari topshiriladi.

Mazkur tanlovga joriy yilning 7 noyabr kuni start berilib, 2020 yil 19 noyabrgacha davom etadi. Tanlov g'oliblari 20 noyabr kuni Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilinadi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Powered by GSpeech