23 noyabr kuni “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv modulining navbatdagi mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tizimi rahbarlari ishtirok etdi.
Vebinar shaklida shtkazilgan mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.
O'quv moduli mashg'ulotlarida xalqaro ekspertlar saboq bermoqda. Bundan maqsad tinglovchilarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar mazmun-mohiyati va ularning mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyatiga doir bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat.
Maxsus o'quv moduli mashg'ulotlari O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlari ijrosi doirasida o'tkazilmoqda. Bu BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi hamda Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi tavsiyalari taqozosidir.
Yaqinda O'zbekiston 1921-1923 yillarga BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylandi. Shu ma'noda, mamlakatimiz sudlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbar xodimlarining inson huquqlari sohasidagi bilim va malakasini oshirish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.11.2020
- Ko'rishlar: 3852
- Chop etish