Samarqand veb-forumi (2020 yil 12-13 avgust) 40 mamlakatdan 1000 yaqin ishtirokchilarni qamrab olmoqda.
Samarqand veb-forumiga tayyorgarlik ishlari doirasida qatnashchilarni inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlari, yoshlar huquqlarini ta'minlash, inson huquqlari bo'yicha ta'limni rivojlantirish bo'yicha 20 ortiq tahliliy ma'lumotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida tarqatildi.
Ma'lumotlar ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-y sessiyasidagi taklifiga muvofiq tayyorlangan Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konventsiyasi loyihasi o'rin olgan. Mazkur loyiha muhokama uchun veb-forumda birinchi marta taqdim etiladi.
O'zbekiston nomzodi BMTning inson huquqlari bo'yicha Kengashi a'zoligiga ilgari surilgan. Shu bilan bog'liq ravishda tahliliy ma'lumotlar orasida O'zbekiston Respublikasi nomzodini BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga ilgari surish ishlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risidagi materiallar bor.
Inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilinishi holati yuzasidan “Yangi O'zbekiston va inson huquqlari” Axboroti tarqatilgan ma'lumotlar orasidan joy olgan bo'lib, ushbu Axborot Oliy Majlis tomonidan ilk marotaba ko'rib chiqilgan.
Veb-forum ishtirokchilariga, shuningdek, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi taqdim etilib, bu hujjatning qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi rivojlanishida muhim bosqich bo'ldi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 12.08.2020
- Ko'rishlar: 3902
- Chop etish