Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra, transport harakati uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e'lon qilindi, deyiladi kun.uz xabarida.
Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish huquqi berilgan avtotransport vositalari ro'yxati ham tasdiqlandi. Quyida @koronavirusinfouz saytida e'lon qilingan ushbu ro'yxat keltirilmoqda:
1. Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar sog'liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.
2. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
3. Fuqarolarga kechiktirib bo'lmaydigan tez tibbiy yordam ko'rsatish bilan bog'liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari. Bunga quyidagi hollar kirishi mumkin: homiladorlik, tug'ruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko'rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda, inson hayotiga xavf tug'dirayotgan boshqa holatlar.
4. Yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish litsenziyasiga ega bo'lgan yo'nalishsiz taksilarga (o'zlarining ro'yxatdan o'tgan ma'muriy hududi doirasida va yo'lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko'rsatish maqsadida. Inson hayotiga xavf tug'diradigan holatlarda va kechiktirib bo'lmaydigan tibbiyot muolajalarni olayotgan bemor yo'lovchilarni tashish mumkin.
5. Kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta'minoti, sovuq suv, suv oqava, chiqindi)ning xizmat avtotransport vositalari, ya'ni shaharlarning eng hayotiy zarur infratuzilmasi ishini samarali ishini ta'minlash maqsadida.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo'mitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari.
7. Sud va prokuratura organlari xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari.
8. “O'zbekiston temir yo'llari” AJ, “Uzbekistan Airways”AJ, “Uzbekistan Airports” AJ va ularning tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlari “O'zaeronavigatsiya” agentligining xizmat avtotransport vositalari.
9. Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo'yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va ularning o'rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari.
10. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o'rinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari.
11. Markaziy bank va hududiy boshqarmalar xizmat avtotransport vositalari.
12. Tijorat banklari xizmat avtotransport vositalari.
13. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o'rinbosarlari, hokimlar va ularning o'rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari.
14. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi xizmat avtotransport vositalari.
15. “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.
16. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xizmat avtotransport vositalari.
17. Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlar, “O'zbekiston pochtasi” AJ, “O'zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “O'ZINFOKOM” yagona integratori” MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.
18. N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.
19. “Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.
20. Dafn marosimlarida xizmat ko'rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko'rsatish maqsadida).
21. Yo'l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
22. Mavsumiy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi avtotransport vositalari.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 31.03.2020
- Ko'rishlar: 4280
- Chop etish