O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasi jamoatchilik o'rtasida keng muhokama qilinmoqda. Loyiha matni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tayyorlangan.
O'tgan davrda Milliy strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz saytiga, shuningdek Inson huquqlari bo'yicha milliy markazning rasmiy saytiga 2 marta (dastlabki va taklif-mulohazalar bilan takomillashtirilgan variantlari) joylashtirildi. Muhokamalar jarayonida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan ko'plab takliflar olindi.
Bundan tashqari, loyiha yuzasidan joriy yil 28 fevralda Milliy maslahatlashuv tashkil etildi. Unda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari faol qatnashdi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o'rinbosari Dilnoza Muratovaning 2020 yil 7 mayda "Pravda Vostoka" gazetasida e'lon qilingan "Inson huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish borasida yagona andozalarni ta'minlash kafolati" ("Гарант обеспечения единых стандартов реализации и защиты прав человека") sarlavhali maqolasida Milliy strategiya loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berilgan.
Ushbu maqola chop etilgan pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi. Gazetaning internetdagi www.pv.uz veb-sayti hamda @pvouz telegram kanali orqali ham, jumladan Markaz faoliyati bilan bog'liq yangiliklardan boxabar bo'lib borishingiz mumkin.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.05.2020
- Ko'rishlar: 4321
- Chop etish