Unda 2000–2023-yillar oralig‘ida dunyo aholisining umr ko‘rish davomiyligi, o‘lim sabablari hamda kasalliklar bilan bog‘liq o‘zgarishlar tahlil qilingan.
Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan so‘ng jahonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi yana pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarga yaqinlashgan. Ya’ni 73,3 yoshga yetgan.
Biroq yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning o‘lim holatlaridagi ulushi tobora ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda barcha o‘limlarning 58 foizi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 74 foizga yetgan.
Shu bilan birga, sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi 62,8 yoshni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan biroz pasayish kuzatilgan.
Bundan tashqari, Altsgeymer kasalligi va boshqa demensiyalar bilan bog‘liq o‘limlar 2000–2023-yillarda uch barobar ko‘paygan. Jumladan, demensiya 2023-yilda dunyodagi o‘lim sabablari orasida 5-o‘ringa ko‘tarilgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2019–2023-yillarda depressiv buzilishlar bilan bog‘liq kasalliklar 20 foizga oshgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu tendensiyalar mamlakatlarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, erta tashxis, ruhiy salomatlik va aholining sog‘lom umr ko‘rish davomiyligini oshirishga yanada katta e’tibor qaratishni talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etmoqda. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ushbu ko‘rsatkichni 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan.
SSV Matbuot xizmati.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
