Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) hamda O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hammuassisligida chop etiladigan “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining 2020 yil 2-soni nashrdan chiqdi.
Jurnalning ushbu soni koronavirus pandemiyasining inson huquqlari, jamiyat hayoti va davlat siyosatiga ta'siri tahliliga bag'ishlangan.
Jurnalning o'zbek, rus va ingliz tilidagi sahifalaridan yaqinda qabul qilingan va xalqimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ayrim me'yoriy hujjatlar, shuningdek, jurnaldan o'rin olgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva “Hamjihatlikda bu sinovdan yorug' yuz bilan o'tib olamiz”, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Bu inqiroz avvalambor insonparvar xarakterga ega bo'lib, hamjixatlikni talab etadi”, BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Mishel Bacheletning “COVID is “a colossal test of leadership’ requiring coordinated action, High Commissioner tells Human Rights Council. COVID-19 pandemic – Informal briefing to the Human Rights Council.”, Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayderning “International labour standards provide a tried-and-trusted foundation for policy responses that focus on a recovery that is sustainable and equitable”, nomli maqolalari dolzarb mavzuga bag'ishlangani bilan, ayniqsa, ahamiyatli.
O'ylaymizki, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining mazkur sonida e'lon qilingan muhim mavzulardagi qiziqarli maqolalar nafaqat soha mutaxassislari, balki barcha o'quvchilarga birdek manzur bo'ladi.
Jurnal mundarijasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. (Jurnalning rus va ingliz tilidagi mundarijalari bilan tanishish uchun saytning tegishli sahifalarini oching).
Tahririyat
- Qo'shildi: 22.06.2020
- Ko'rishlar: 4224
- Chop etish