2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan — “O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi birinchi o'qishda ko'rib chiqildi.
Ta'kidlanganidek, saylov to'g'risidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish hamda saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish borasida ayrim muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda. Shundan kelib chiqib, tayyorlangan mazkur qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Loyihani ishlab chiqish davomida ko'plab ilg'or demokratik davlatlar saylov qonunchiligi o'rganildi, milliy qonunchilik tahlili asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan huquqshunos olimlar va mutaxassislar fikrlari to'plandi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyasining mamlakatimizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalari hisobga olindi. Natijada Kodeks shu paytgacha tartibga solinmagan qator demokratik tamoyillarga javob beradigan normalar bilan boyitildi.
Qonun loyihasi saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda o'tkazish, bunda, ushbu tadbirlarni o'tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligi, saylovchilar partiyani yoxud O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo'llab-quvvatlab imzo qo'yganda ma'lumotnomada identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini kiritish kabi normalar bilan to'ldirildi.
Bundan tashqari loyiha bilan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sud tomonidan ko'rib chiqilishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyasi 11-18 nafar a'zodan iborat tarkibda tuzilishi taklif etilmoqda.
Xalq vakillarining qayd etishicha, qonun loyihasini qabul qilinishi milliy saylov qonunchiligimizni umume'tirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida yanada takomillashtirishga va mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Manba: parliament.gov.uz
- Qo'shildi: 05.05.2021
- Ko'rishlar: 3248
- Chop etish