Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Kasaba uyuşmalari — mehnat huquqlarining işonçli himoyaçisi

Mamlakatimizda 2020-yildan buyon 11-noyabr - Kasaba uyuşmalari kuni sifatida nişonlanib kelinadi. Bu mehnatkaşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib mehnat şaroitlarini taʼminlaş, kasaba uyuşmalarining jamiyat hayotidagi örni va nufuzini oşirişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor namunasidir.

Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari hamda Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitalari tomonidan “Kasaba uyuşmalari — mehnat huquqlari, ijtimoiy adolat va inson qadrining işonçli himoyaçisi” mavzusida davra suhbati ötkazildi.

— Sönggi yillarda yurtimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş, mehnatni muhofaza qiliş, kafolatlangan ijtimoiy himoyani taʼminlaş böyiça mustahkam qonuniy asoslar yaratildi, — dedi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi G.Aʼzamova. — Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi töğrisida” va “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi qonunlar mehnat munosabatlarini zamonaviy talablar asosida tartibga soliş, ijtimoiy şeriklik mexanizmlarini rivojlantiriş va kasaba uyuşmalarining jamiyatdagi faol rolini kuçaytiriş uçun yangi imkoniyatlar oçdi. Şuningdek, 2025-yil 17-oktabr kuni Prezidentimizning kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan ötkazgan uçraşuvi sohadagi islohotlarning muhim yönalişlarini belgilab berdi.

Muhokamalarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda har kimning munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan şaroitlarda işlaş, adolatli haq oliş huquqlari mustahkamlangani alohida qayd etildi.

Şuningdek, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi örni va imkoniyatlarini kengaytiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mehnat jamoalarida gender tenglikni taʼminlaş, iş joylarida xotin-qizlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, yoşlarning kasbiy va ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaşda kasaba uyuşmalarining taşabbuskorligi, iştiroki muhim ekani aytib ötildi.

Xalq vakillari mehnatkaşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda parlament va kasaba uyuşmalari hamkorligini yanada kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldi.

M.Komilova,

ÖzA

Nashr sanasi 12.11.2026 Ko'rishlar 178
Ulashish