“Huquqiy axborot” kanalida qayd etilishicha, quyidagilar 14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
- ota-onasining ikkisini ham yo'qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug'ullanayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogironligi bo'lgan shaxs bo'lgan oilalar;
- 14 yoshgacha bo'lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
- nogironligi bo'lgan bolasi bor oilalar;
- bolani to'liq bo'lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar);
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo'lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko'maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
- yolg'iz pensionerlar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 19.02.2020
- Ko'rishlar: 4662
- Chop etish