Inson huquqlari bo'yicha Malayziya komissiyasi komissari Nur Azia Mohd Aval: Forum xotin-qizlar salohiyatini ro'yobga chiqarish va bu boradagi tajriba almashish masalalarini muhokama qilish uchun Osiyo mintaqasida o'ziga xos muloqot maydonini yaratadi.

Inson huquqlari bo'yicha Malayziya komissiyasi komissari Nur Azia Mohd Aval:

Avvalo, O'zbekiston hukumatini "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusidagi nufuzli Osiyo ayollari forumini o'tkazayotgani bilan tabriklayman.

Bu tashabbus O'zbekiston Prezidenti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Samarqandda bo'lib o'tadigan forum O'zbekistonning xalqaro maydonlarda bildirilgan takliflari hayotga tatbiq etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Mazkur forum O'zbekistonning xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, jamiyatning barcha jabhalarida gender tengligi kun tartibini ilgari surish bo'yicha qat'iy intilishidan dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonda qabul qilingan qonun hujjatlariga ayollarga nisbatan oiladagi zo'ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qo'shimchalar alohida e'tiborga loyiq, deb hisoblayman.

Forum xotin-qizlar salohiyatini ro'yobga chiqarish va bu boradagi tajriba almashish masalalarini muhokama qilish uchun Osiyo mintaqasida o'ziga xos muloqot maydonini yaratadi.

Anjumanga taklif etilganim va xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish bo'yicha Malayziya tajribasi bilan o'rtoqlashish imkoniyatidan faxrlanaman. Malayziya ko'p dinli va ko'p madaniyatli jamiyat bo'lib, ularning 60 foizi musulmonlardir. Ishonchim komilki, tadbir barchaga bir-biri bilan tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Do'st O'zbekistonga yana tashrif buyurayotganimdan juda xursandman. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzataman. Har bir tashrif menga qonunchilik darajasida ham, jamiyatning kundalik hayotida ham tobora ko'proq ijobiy o'zgarishlarga guvohi bo'lish imkonini beradi.

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI

Powered by GSpeech