Anas Qarman: O‘zbekistonda barcha sohalarda katta o‘zgarishlar yuz berdi

Samarqand shahrida Osiyo xotin-qizlari forumi davom etmoqda. Nufuzli anjumanda 30 dan ortiq davlatdan parlamentlar vakillari, hukumat rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz yetakchi va faol xotin-qizlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda ishtirok etayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Taraqqiyot dasturining doimiy vakili v.b. Anas Qarman keyingi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda katta o‘zgarishlar yuz berganini e’tirof etdi.  

– Xususan, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning siyosiy sohalardagi ishtirokini faollashtirish borasida yuqori natijalarga erishildi, – dedi A.Qarman. – Sizlarni bu boradagi yutuqlar bilan tabriklashim mumkin. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakat hukumati moliya hamda kreditlardan foydalanish bo‘yicha imtiyozlarni yaxshilash orqali xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan juda katta strategik tashabbuslarni amalga oshirmoqda.  

Shuningdek, siyosiy faollik, parlamentlar, ma’muriy va boshqa sohalarda ayollar uchun kvotalarning ko‘paytirilishi O‘zbekistonda gender tenglik borasida olib borilayotgan ortga qaytmas islohotlarning ajoyib ko‘rsatkichidir. Bu borada BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA

Powered by GSpeech