Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tashkilotlarining o‘rni

Forum doirasida tashkil etilgan 8-parallel sessiyada mintaqadagi nodavlat tashkilotlarining xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ilg‘or tajribasi, amaliyoti va innovatsion yondashuvlari muhokama qilindi.

Senatorlar, mahalliy va xorijiy ekspert hamda mutaxassislar ishtirokida o‘tgan mazkur sessiyada nodavlat tashkilotlarining xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ishtirokini yana-da kengaytirish, kamsitishning turli ko‘rinishlarini bartaraf etish va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga ko‘maklashish, xotin-qizlarning malakasini oshirish, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar nodavlat tashkilotlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat olib borayotgani, ularga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek, biznes va xususiy tadbirkorlikni amalga oshirish o‘rgatilayotgani haqida o‘z mamlakatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Sessiya davomida nodavlat tashkilotlarining xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy bilimini oshirish borasida qanchalik samarali ish olib borayotgani, ularni qo‘llab-quvvatlashning qanday mexanizmlari mavjudligi, bu borada ularni rolini yana-da kuchaytirish uchun qaysi mexanizmlarni joriy etish zarur ekanligiga eʼtibor qaratildi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI

Powered by GSpeech