Malakaviy imtihon o‘tkazilishi haqida

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Miliy markazida tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2024-yil 30-may kuni soat 15-00 da o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu imtihon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yildagi 332/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihon dasturi asosida tashkil etilmoqda.

 

“Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha

malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi

Powered by GSpeech