Inson huquqlariga bag‘ishlangan Ostona forumida O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda

29-may kuni qo‘shni va qardosh Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo-2024”: Inson huquqlarini rivojlantirish” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Xalqaro anjuman «Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mushtarak taqdirlar hamjamiyatini barpo etish, inson huquqlari rivojlanishi va taraqqiyoti» mavzusiga bag‘ishlangan.

Forum ishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillaboyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech