Oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi

“Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-270-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021–2024-yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlangan.

Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.

Xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardona kurashi, bu yo‘lda siyosiy qatag‘onga uchragan  yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari tashkil etiladi.

“Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi va platforma yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

 

Rasmiy xabarlar

Powered by GSpeech