AOKAda Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AOKA mutasaddilari va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Milliy qo‘mitasi a’zosi, Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati raisining o‘rinbosari janob Szyan Szyango boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sayidjonov O‘zbekiston-Xitoy davlatlari o‘rtasida serqirra hamkorlik va mustahkam aloqalar, ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlar samarasi o‘laroq, ko‘plab tarmoq, sanoat va sohalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi.

 

Shu jumladan, mamlakatda Inson huquqlari ta’minlanishida AOKA vakolati doirasida OAV, mass-media, axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, bunda davlat organlari va tashkilotlarining xalq oldida hisobdorligi, shaffof va ochiqligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

O‘z o‘rnida, janob Szyan Szyango samimiy muloqot va ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik strategik istiqbolli loyihalar doirasida davom etishini, do‘stona munosabatlar bardavomligi yanada taraqqiy etishini ta’kidladi.

 

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali

Powered by GSpeech