Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz

Joriy yilning 21-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 25-noyabr — “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ni keng nishonlash, xodimlarining, shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligi hamda ma’naviy qarashlarini yanada oshirish maqsadida “Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Dastavval mavzuga oid namoyish etilgan ijtimoiy rolik ishtirokchilarning mavzuga diqqatini yanada jalb qildi.

Shundan so‘ng tadbirni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova kirish so‘zi bilan ochib, nutqi davomida mamlakatimizdagi barcha islohotlar zamirida “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu gʻoya mujassamligi, jumladan, barcha yoʻnalishlar kabi tazyiq va zoʻravonlik masalalari ham qabul qilingan qator qonun hujjatlarda oʻzining toʻliq ifodasini topayotgani, bu masalaga befarq qaramaslik, har damda ogoh boʻlish kerakligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar bosh imom xatibi Abduqahhor Yunusov muqaddas Islom dini har qanday zo‘ravonlikka qarshi ekani to‘g‘risida  misollar bilan tushuntirish berdi.

Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz xodimi Farhod Hayitboyev, BMTning “O‘zbekistonning milliy gender strategiyasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali tenglikka erishish” loyiha menejeri Zulfiya Mamadaliyevalar o‘z nutqlari bilan ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z yo‘nalishlari asosida tegishli tushunchalar berishdi.

Qizg‘in munozaralar asosida o‘tgan mazkur davra suhbati barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-sayti

Powered by GSpeech