6-dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan 324-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32-yilligi munosabati bilan Davlat bayrog‘ini ko‘tarish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari X.Abdurasulov, A.Muhrimboyev va N.Aslonov, ta’lim muassasi o‘qituvchilari hamda faol o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Milliy markaz xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, referendum natijasida Bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha yoshlarga atroflicha ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jo‘rligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 10.12.2024
- Ko'rishlar: 309
- Chop etish