Joriy yilning 6-dekabr kuni Xalq bankida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Xalq banki va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda “Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar va ularning yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ifodasi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson huquqlariga qaratilgan e’tibor va asosiy qomusimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida Xalq banki tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ushbu tadbir, o‘zaro savol-javoblar savollar va muhokamalarga boy tarzda tashkil etildi.
Xalq banki Xodimlarni boshqarish departamentining HR kanali
- Qo'shildi: 10.12.2024
- Ko'rishlar: 318
- Chop etish