Joriy yilning 10 dekabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashining faoliyatiga bag‘ishlangan yuqori darajali brifing tashkil etildi.
YUNISEFning qurolli mojarolarda bolalarni himoya qilish bo‘yicha eksperti Ketrin Kokko bilan suhbat:
— Ushbu muhim va nihoyatda dolzarb tadbirni BMT platformasida tashkil etish tashabbusi uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman.
YUNISEF uchun brifingda ishtirok etish katta sharaf bo‘ldi. Biz barcha sa’y-harakatlar markazida bolalar manfaatlarini himoya qilishni belgilab, mojaroli hududlardan qaytarilganlarni muvaffaqiyatli reintegratsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va mintaqaning noyob tajribasini o‘z vaqtida namoyish etishni zarur deb hisoblaymiz.
Repatriatsiya qilingan bolalar zo‘ravonlik qurboni hisoblanadi va ularning asosiy huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va e’tiborli ishlar ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishda yaqqol va yorqin misoldir. YUNISEF O‘zbekistonga qaytarilgan bolalarni uzoq muddatli reabilitatsiya va reintegratsiya qilishda, shu jumladan ularni ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish, ta’lim va tibbiy yordam ko‘rsatishda ko’maklashishni davom ettirishga sodiqdir.
Ma’lumot uchun: Brifing SMTI va O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ko‘magida o‘tkazildi.
Brifingda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Vladimir Voronkov, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Kaha Imnadze, BMT Bosh kotibi yordamchisi Haled Hiari, BMT Aksilterror markazi direktori Mauro Miediko, BMTning terrorizm bo‘yicha sobiq maxsus ma’ruzachisi, Minnesota universiteti (AQSH) professori Fionnuala Ni Aolayn, BMT huzuridagi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining (XQXQ) doimiy kuzatuvchisi Letisiya Kurtua, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik missiyalari rahbarlari so‘zga chiqdi.
O‘zA
- Qo'shildi: 11.12.2024
- Ko'rishlar: 342
- Chop etish