O‘tgan 2024-yil davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan 5 ming 747 ta axborot Milliy markaz rasmiy saytining “Markaz yangiliklari” rukniga joylashtirildi.
Mamlakat OAVda e’lon qilingan inson huquqlariga taalluqli materiallar saralanib, muntazam ravishda Milliy markaz saytining “O‘zbekiston yangiliklari” rukniga joylandi.
Milliy markaz saytining “Xorij yangiliklari” rukniga xalqaro tashkilotlar rasmiy saytlari va xorijiy OAVning inson huquqlariga doir muhim materiallari saralab berib borildi.
Milliy markaz matbuot xizmatining axborotlari, shuningdek, O‘zbekiston tele-radio kanallari, gazetalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlarda e’lon qilindi. Ingliz va rus tillariga tarjima qilingan 210 taga yaqin axborot ommaviy axborot vositalarida tarqatildi.
Bu boradagi eng muhim ko‘rsatkich: Samarqand shahrida 13-14-iyun kunlari o‘tkazilgan “Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlarni topish” mavzusidagi forum ishini ommaviy axborot vositalari atroflicha yoritdi. OAV tomonidan ayni mavzuda 174 ta, jumladan, xorijiy OAVda 52 ta material e’lon qilindi. Forum doirasida 15 nafar milliy va xorijiy ekspert bilan intervyular tashkil qilindi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” doirasidagi chora-tadbirlar ijrosi va monitoringi doimiy e’tibor markazida turibdi. Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan uchta Milliy harakatlar rejasi ijrosi izchil monitoring qilinmoqda. Bu haqdagi axborotlar Milliy markaz sayti va ijtimoiy tarmoqlarida muntazam yangilanib borilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda:
· Toshkent shahrida 2024-yil 5-6-mart kunlari “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari: xalqaro andozalar va milliy amaliyot” mavzusida ikki kunlik seminar, 30-aprel kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati, shuningdek 26-mart kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishning huquqiy asoslari: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;
· 19-aprel kuni Toshkent shahrida Jamoat transporti haydovchilari va konduktorlari nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va ehtiyojlaridan xabardor bo‘lishi va ularni qo‘llab-quvvatlashi muhimligi to‘g‘risida axborot sessiyasi tashkil qilindi;
· Qiynoqqa qarshi konvensiyaning 40-yilligi doirasida Toshkent viloyati (30-aprel – 1-may), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (21-22-may), Xorazm (23-24-may) viloyati, Surxondaryo (2 – 3-iyul) viloyati, Qashqadaryo (4 – 5 iyul) viloyati, Sirdaryo (30–31-iyul) viloyati, Jizzax (1 – 2-avgust) viloyati, Farg‘ona (16-17-sentyabr) viloyati, Andijon (18-19-sentyabr) viloyati, Namangan (20-21-sentyabr) viloyati, Toshkent(28-29-noyabr) shahrida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida onlayn va oflayn o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar tasdiqlangan reja asosida, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘tkazildi;
· Milliy markazda 17-aprel kuni “Inson huquqlarining dolzarb muammolari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti, 19-martda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni tashkil etishning huquqiy asoslariga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi;
· 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 2-son Toshkent akademik litseyida 2-kurs talabalari uchun inson huquqlariga oid qonunchilik va inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi;
· Toshkent shahrida 14-17-may kunlari “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzusida o‘quv kursi tashkil qilindi;
· 21-22-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, 1-iyul kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida va 18-19-sentyabr kunlari Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hududidagi “Yangichek”, “Tuyalas” va “O‘roqchitepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 20-21-sentyabr kunlari Namangan viloyatining “Sharshara” va “Ozod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” fanlarini o‘qitish sifati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi;
· 9-11-iyul kuni poytaxtimizda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan “Ayollar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlari” mavzusida uch kunlik o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Milliy markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirlarning barchasi rasmiy saytda va OAV sahifalarida izchil yoritildi
Milliy markaz vakillari Varshava, Jeneva, Moskva, Sankt-Peterburg, Bangkok, Nyu-York, Boku, Parij, Doxa, Strasburg, Jidda, Ar-Riyod, Pekin, Ostona shaharlarida inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turli forumlarda qatnashdi.
Jumladan, 2024-yil 15-17-yanvar kunlari Oliy Majlis vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Strasburg shahrida, Yevropa parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif davomida Yevropa parlamenti deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston va Yevropa parlamenti o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Boku shahrida 24-yanvar kuni ochilgan “Ozarbayjon Respublikasida O‘zbekiston fani va madaniyati kunlari” doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi.
Qatarning Doha shahrida 6-7-fevral kunlari “Inson huquqlari nuqtayi nazarida oziq-ovqat adolati: voqelik va kelajak muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Yuqori darajada tashkil etilgan anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
Jenevada 26-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi. Sessiyaning Oliy darajadagi segmenti ishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 12-13-aprel kunlari Moskvada «Blishenko o‘quvlari» xalqaro anjumanida ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Ar-Riyod shahrida 24-aprel kuni “Odam savdosi jinoyatlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
Qo‘shni va qardosh Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 29-may kuni “Xitoy – Markaziy Osiyo-2024”: Inson huquqlarini rivojlantirish” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillaboyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida 29-may kuni Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga a’zo davlatlarning 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya doirasida BMT Inson huquqlari qo‘mitasining 2025-2028-yillar uchun 9 nafar a’zosini saylash bo‘yicha saylov o‘tkazildi. Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondan nomzod – akademik Akmal Saidov Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga a’zo mamlakatlardan eng ko‘p ovoz oldi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik A.Saidov 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi.
Sankt-Peterburg shahrida 26-27-iyun kunlari XII Peterburg xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan “Huquqlarni himoya qilish va konstitutsiyaviy nazorat” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etdi.
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining navbatdagi 23-sessiyasi 30-iyun – 1-iyul kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligining Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda mamlakatimiz vakillari – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari Dilnoza Muratova va Milliy markaz eksperti Oybek Ahmadov qatnashdi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida Parij shahridagi mamlakatimiz elchixonasida O‘zbekistondagi parlamenti saylovlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy komissiyasi mintaqasida gender tenglika erishishni tezlashtirishga qaratilgan “Pekin+30” mintaqaviy sharhi bo‘yicha yig‘ilish 21-22-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Pekin konferensiyasining 30-yillik majburiyatlarini ko‘rib chiqish” mavzusiga bag‘ishlandi. Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Ma’rufova, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratovadan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida 1-3-noyabr kunlari 21-Pekin forumi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi an’anaviy xalqaro anjuman “Sivilizatsiyalar uyg‘unligi va barcha uchun farovonlik: innovatsiyalar va inson taraqqiyoti davri” mavzusiga bag‘ishlandi. Forum ishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillaboyev qatnashdi.
Boku shahrida 18-noyabr kuni BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy konvensiyasi tomonlarining COP29 konferensiyasi doirasida shu mavzuda parallel tadbir bo‘lib o‘tdi. U Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Butunjahon bola huquqlari kuni va BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Tailand davlati poytaxti – Bangkok shahrida 19-21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan "Pekin+30" sharhlari bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Nurmatova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari D.Muratovadan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Milliy markazda 20 dan ortiq xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu jarayonlarning barchasi haqida jamoatchilikka o‘z vaqtida va atroflicha axborot yetkazib turildi.
Milliy markaz matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan turli rasmiy topshiriq va ko‘rsatmalar, media-reja va hisobotlar negizida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Misol uchun, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni keng targ‘ib qilish borasida Agentlik Media-rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar ijrosiga oid axborotlar, shuningdek, Markaz xodimlarining ayni yo‘nalishdagi maqola, intervyu va davra suhbatlari yoritilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari tomonidan 2024-yil davomida 265 ta maqola, intervyu va ko‘rsatuvlar tayyorlangan hamda OAVda e’lon qilingan.
Milliy markaz matbuot xizmati materiallarini quyidagi ommaviy axborot vositalarida tarqatish ta’minlandi:
Kun.uz, Gazeta.uz, XS.uz, Dunyo.info, UzA.uz, Yuz.uz, Darakchi.uz, UzDaily.uz, Nuz.uz, Kultura.uz, Newshub.uz, PLOV, Sharq-Press.uz, BRM, CENTRAL-ASIA.NEWS.
Bundan tashqari “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, "Ishonch", “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, "Kuch – adolatda", "Hurriyat", "Postda", gazetalari hamda MTRK telekanallari va nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda ish olib borildi.
Milliy markaz faoliyatiga doir 247 ta material The Asia Today, The Nation, WE News, Global News Pakistan, Centreline Magazine, Smart-smi.ru, The Europe Today, European Geopolitical Forum, Public, Newz Todays, Diplomatic Insight Publishers, DNA News Agency, The Gulf Observer, embassylife.ru kabi xorijiy manbalarda faol yoritildi.
Milliy markazning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida 2024-yilda 2 ming 995 ta material joylandi. Xususan:
Facebook Ofitsialniy kanal NSPCH RUz kanalida – 444 ta
Telegramm 1. NHRC | NSPCH kanalida – 960 ta
1. Press service NHRC kanalida – 960 ta
Youtube Milliy markaz kanalida – 184 ta
Twitter NHRC – 447 ta.
Matbuot xizmati Milliy markaz tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro forumlar, milliy anjumanlarni tashkil etish, kitoblar nashr etish jarayonlarida, shuningdek, AOKA o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
AOKA bilan hamkorlikda, jumladan:
8-fevral kuni – inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar;
22-may kuni – O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga rioya qilinishi;
11-iyun kuni – «Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlar topish» mavzusidagi Inson huquqlari bo‘yicha IV Samarqand forumi yuzasidan;
31-iyul kuni – Milliy markaz tomonidan 2024-yil birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha;
13-noyabr kuni – fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalari;
24-dekabr kuni – “Inson huquqlari oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan brifinglar o‘tkazildi.
AOKA media-rejalari ijrosi bo‘yicha quyidagi hisobotlar taqdim qilindi:
Aholi turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni haqida;
Birlashgan Millatlar Tashkilotida qabul qilingan rezolyutsiyalar va O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar tegishli organlariga saylanganligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish;
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalari va BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha axborot, sharh va maqolalar e’lon qilish;
Ayollar hamda bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi ishlar.
Matbuot xizmati tomonidan 2 ta kitob nashr etildi. Bular “Ezgulik taqvimi: niyat, so‘z va amal birligi” hamda “1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalari va ularga qo‘shimcha protokollar” nomli kitoblardir.
G‘ulom Mirzayev,
Milliy markaz matbuot xizmatining rahbari
- Qo'shildi: 21.01.2025
- Ko'rishlar: 56
- Chop etish