Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi boʻlim boshliqlari va oʻrinbosari lavozimiga tayinlash uchun tashkil etilgan malaka oshirish oʻquv kursining “Inson huquqlari” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari mazkur Markaz rahbari, akademik Akmal Xolmatovich Saidov tomonidan oʻtkazildi.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida tashkil qilingan “Inson huquqlari uyida”da tinglovchilarga “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi Xalqaro Pakt”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha xalqaro Pakt”, “Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya” kabi BMT inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarining mazmun va mohiyati, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, shuningdek ushbu xalqaro hujjatlarni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bilishning zarurligi xususida tushuncha va bilimlar tinglovchilarga toʻlaqonli ravishda amaliy misollar asosida yetkazildi.
Shuningdek, har oyda Institut tinglovchilarini inson huquqlari moduli boʻyicha Milliy markazda tashkil qilingan “Inson huquqlari uyida” sayyor shaklda mashgʻulot oʻtkazishga kelishib olindi.
- Qo'shildi: 20.02.2025
- Ko'rishlar: 230
- Chop etish