Media va axborot savodxonligining manfaati nimada?

AOKA, YUNESKO hamkorligi hamda Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC)) moliyaviy ko‘magi asosida 2023-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan Dastur  doirasida tashkil etilgan seminarda ushbu masala yuzasidan amaliy va nazariy bilimlar berildi.

 

Mamlakatimizda media va axborot savodxonligi (MAS) zamonaviy va mustahkam jamiyatni shakllantirish uchun muhim vosita sifatida tobora keng e’tirof etilmoqda.

 

Raqamli platformalar va sun’iy intellekt ta’sirida dezinformatsiya va soxta kontent tarqalishi ortib borayotgan davrda fuqarolar axborotni tanqidiy tahlil qilish va baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarurati oshmoqda.

 

Hukumat vakillari, davlat idoralari, universitetlar, media mutaxassislari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va akademik tadqiqot sohasidagi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda media va axborot savodxonligining asosiy tushunchalari, tuzilmalari va maqsadlarini aniqlashtirish bo‘yicha o‘zaro muloqot qilindi.

 

Nazariy bilimlar bilan birga real hayotiy misollar va kichik guruhlarda interaktiv muhokamalar tashkil etiladi.

 

Seminardan ko‘zlangan maqsad – MAS bilan bog‘liq imkoniyat va muammolarni aniqlash hamda tegishli davlat idoralari va YUNESKO bilan O‘zbekiston uchun MAS strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishtirokchilarni hamkorlikka tayyorlashdan iborat.

Powered by GSpeech