Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Har kim ta’lim olish huquqiga ega

Ushbu qoida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy qonunimizning ayni moddasiga muvofiq, “Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir”.

2-sentyabr – Bilimlar kunida Yangi O‘zbekiston maktablari ostonasiga qariyb 800 ming nafar jajji o‘g‘il-qizlarimiz ilk bor qadam qo‘ydi. Mamlakatimizdagi 10 ming 225 ta umumta’lim maktabi birinchi sinfiga borgan barcha o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» to‘plamlari topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigida ta’kidlaganidek, “Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir”.

Ma’lumot uchun: Yurtimiz maktablarida ayni vaqtda 550 ming nafardan ortiq o‘qituvchi 6,7 million nafardan ziyod o‘quvchiga ta’lim-tarbiya bermoqda.

         

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 02.09.2026 Ko'rishlar 95
Ulashish