Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlarining Vatanga qasamyod marosimida ishtirok etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murodjon Turg‘unov, Oliy sud raisining o‘rinbosari Akram Shukurov, Harbiy prokuror o‘rinbosari Odiljon Jo‘rayev va boshqalar ishtirok etdi.

Vatanga qasamyod marosimida, shuningdek, taniqli olimlar, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, soha faxriylari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar, ularning ota-onalari va yaqinlari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar kursantlarni ona Vatanga xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli yo‘lni tanlaganlari, ushbu kasbni egallash yo‘lidagi ilk qadamlari bilan samimiy muborakbod etdilar.

Har bir kursant o‘z qasamyodida Vatanga sidqidildan xizmat qilish, xalq manfaatlarini himoya qilish, davlatga sadoqatli bo‘lish hamda zimmasiga yuklatilgan sharafli va mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajarishga va’da berdi.

Tadbir yakunida taniqli san’atkorlarning Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari va badiiy chiqishlari bayram shukuhiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 02.09.2026 Ko'rishlar 69
Ulashish