Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

HAM HUQUQSHUNOS, HAM ADABIYOTSHUNOS

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi «Huquqiy axborot sektori»da kitobxonlar qiziqishidan kelib chiqqan holda, yuridik fanlar doktori, akademik Akmal Saidov kitoblaridan iborat «Ham huquqshunos, ham adabiyotshunos» nomli burchak tashkil etilgan. Bu yerda muallifning «Huquq, metafizikasi, davlat huquqi, huquq va adabiyot», «Dante – yurist», «11 fransuz yurist-adiblari» kabi ko‘plab mazmunan ko‘lamdor kitoblari mavjud.

qarashlarining adabiy-badiiy asarlarida aks etishi hamda ushbu asarlarning dunyo miqyosida, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘rganilishi holatlarini atroflicha tahlil qildim. Har bir yurist-adibga bag‘ishlangan risolaga shu ijodkorga tegishli hikmatli so‘zlar, adib hayoti va ijodining asosiy sanalari, asarlari ro‘yxati kabi muhim ma’lumotlar ilova sifatida kiritildi.

Shu o‘rinda olimning «11 fransuz yurist-adiblari» kitobiga e’tibor qaratamiz. Mazkur kitobda fransuz tilida ijod qilgan buyuk huquqshunos-adiblarning hayoti va ijodi, lavhalari, ularning huquqiy qarashlari, hikmatli so‘zlari jamlangan. O‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlaridan ayrim parchalar berilgan. Haqiqatan, mazkur mutolaa bop kitob huquqshunoslar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, o‘qituvchilar, talabalar hamda fransuz adabiyoti va huquqiga qiziquvchi kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilinmoqda.

Mazkur kitoblarning aksari o‘zbek tilida, ayrimlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillarida nashr etildi.

Buyuk adib-huquqshunoslar hayoti va ijodidan lavhalar, ularning huquqiy qarashlari hamda hikmatli so‘zlari, badiiy asarlaridan ayrim namunalar jamlangan zalvorli «Adabiyot va huquq» kitobi olti fasldan tashkil topgan.

Shuningdek, «Adabiyot va huquq – ilhomning qo‘sh qanoti» nomli kirish maqolasi, «Adabiyot yurist nigohida» hamda «G‘arb adabiyotida huquq: holati va istiqbollari» nomli maqolasi o‘rin olgan.

Akmal Saidovning huquq, yurisprudensiya va adabiyot orasidagi mushtarak jihatlarni yoritishga qaratilgan salmoqdor asarlari, qisqasi adabiyotshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlari kitobxonlarga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Uning jahon va o‘zbek adabiyoti sara asarlari yuzasidan hamda yangicha nazar etilgan kitoblarga yozayotgan so‘zboshi yoki so‘ngso‘z maqolalari, mashhur adiblar haqidagi mo‘jaz tadqiqotlari uzoq yillardan buyon matbuotda muntazam e’lon qilib kelinmoqda.

O‘z asarlari haqida muallif shunday yozadi:

— Avvalo, men universitetda olgan ma’lumoti bo‘yicha yurist bo‘lgan adiblar hayoti va ijodini tadqiqotlarim mavzusi etib belgiladim. Adibning hayoti, ta’lim-tarbiya olgan davri, so‘ng esa huquqiy dunyoqarashi shakllanishi va bu qarashlarining adabiy-badiiy asarlarida aks etishi hamda ushbu asarlarning dunyo miqyosida, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘rganilishi holatlarini atroflicha tahlil qildim. Har bir yurist-adibga bag‘ishlangan risolaga shu ijodkorga tegishli hikmatli so‘zlar, adib hayoti va ijodining asosiy sanalari, asarlari ro‘yxati kabi muhim ma’lumotlar ilova sifatida kiritildi.

Muallifning uzoq yillik ilmiy va ijodiy izlanishlari natijasida «Dante – yurist», «Shekspir va yurisprudensiya», «Gyote – yurist», «Immanuel Kantning falsafiy-huquqiy merosi va zamonaviy yurisprudensiya», «Hofman nemis va o‘zbek yuristi nigohida», «Kafka – yurist» kabi turkum risola hamda kitoblari nashrdan chiqib, kitobxonlar hukmiga havola etilgan.

Behad qiziqarli va qimmatli materiallarga boy bo‘lgan, chuqur falsafiy mushohadalar bilan to‘yingan mazkur kitob adabiyotsevar va huquqshunos kitobxonlarga maqbul va manzur bo‘lmoqda. Barcha ma’rifatli kitobxonlar akademik Akmal Saidovdan jahon adabiyotida yorqin iz qoldirgan buyuk adib-huquqshunoslar hayoti va ijodidan qiziqarli lavhalar, huquqiy qarashlari va hikmatli so‘zlari jamlangan yangi kitoblarini kutib qoladilar.

 

Oqiljon G‘OFUROV,

yozuvchi,

Qudratjon AKBAROV,

viloyat axborot-kutubxona

markazi bosh mutaxassisi

«Yangi Farg‘ona» gazetasining 2026-yil 3-oktyabr soni

Nashr sanasi 06.10.2026 Ko'rishlar 45
Ulashish