Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40 yilligiga bağişlandi

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazining “Inson huquqlari uyi”da “Inson huquqlari tarixi: Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40 yilligi” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bölib ötdi.

Tadbirda Milliy markaz xodimlari, Toşkent davlat transport universitetining professor-öqituvçilari va talabalari iştirok etib, rivojlaniş huquqining xalqaro inson huquqlari tizimidagi örni, uning huquqiy asoslari hamda bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almaşdilar.

1986 yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiya inson huquqlari sohasidagi muhim xalqaro hujjatlardan biri hisoblanadi. Unda rivojlaniş faqat iqtisodiy taraqqiyot körsatkiçi emas, balki har bir insonning ajralmas huquqi ekani e’tirof etilgan.

Davra suhbatida mazkur Deklaratsiyaning qabul qiliniş tarixi, mazmun-mohiyati va unda belgilangan asosiy tamoyillar atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, inson huquqlarini ta’minlaş va jamiyat taraqqiyoti örtasidagi özaro boğliqlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Ilmiy-amaliy muloqot davomida Inson huquqlari böyiça Milliy markaz xodimlari Ö. Oçilov, O. Axmadov, H. Möminov, A. Ramazonov va I. Turğunov mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan iştirok etdilar.

Ma’ruzaçilar Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyada mustahkamlangan tamoyillarning Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan uyğun jihatlariga töxtaldilar. Xususan, mamlakatimizda kambağallikni qisqartirişga qaratilgan siyosat hamda Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalar bilan boğliq masalalar muhokama etildi.

Tadbirning yana bir muhim jihati talabalarning Milliy markaz va “Inson huquqlari uyi” faoliyati bilan yaqindan tanişişi böldi. Yoşlarga uşbu maskanda huquqiy bilimlarni oşiriş, ilmiy tadqiqotlar olib boriş va xalqaro hujjatlardan foydalaniş uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, “Inson huquqlari uyi”ning kutubxona fondi, xalqaro hujjatlar bazasi va zamonaviy raqamli imkoniyatlari taniştirildi.

Oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ularning savollariga Milliy markaz rahbariyati, bölim boşliqlari va professor-öqituvçilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Suhbatda yoşlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlaş hamda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirişda bunday uçraşuvlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbir yakunida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni ta’lim jarayoniga singdiriş, yoşlarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda uşbu yönalişdagi özaro hamkorlikni izçil davom ettiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 22.10.2026 Ko'rishlar 65
Ulashish