Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Mask: Demografik inqiroz tufayli dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari yo‘q bo‘lib ketadi

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari tug‘ilish darajasi pastligi sababli yo‘q bo‘lib ketish arafasida, dedi amerikalik milliarder Ilon Mask “Financial Times” tomonidan e’lon qilingan maqolaga izoh berar ekan.

Yaqinda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridagi tug‘ilish darajasi bo‘yicha BMT ma’lumoti e’lon qilindi. Tadbirkor ushbu ma’lumotga munosabat bildirib, o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida shunday yozgan:

– Yevropa Ittifoqining 21 mamlakatida o‘lim soni tug‘ilish darajasidan oshib ketgan. Bu yurtlar ancha vaqtdan beri yo‘q bo‘lib ketish yo‘liga tushgan.

Ta’kidlanishicha, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlarda o‘tgan asr 50-yillaridan beri tug‘ilish darajasi pasayib kelmoqda.

“SpacyeX” asoschisi va “Tesla” bosh direktori Ilon Mask tug‘ilish darajasi pastligini sivilizatsiya uchun eng jiddiy xavflardan biri, deb hisoblaydi.

мaсka1

Maskning so‘zlariga ko‘ra, hozir Yer yuzida sakkiz milliard odam bo‘lishiga qaramay, agar aholi soni ko‘paytirilmasa, sivilizatsiya “qulaydi”.

– Menimcha, sivilizatsiya uchun eng yomon xavf tug‘ilish kamligidir, – dedi milliarder WSJ uyushtirgan tadbirda so‘zga chiqib. – Ko‘pchilik sayyoramiz aholisi nazoratsiz o‘sib borayotganini taxmin qiladi. Aslida vaziyat buning aksini ko‘rsatmoqda. Agar odamlar ko‘proq farzand ko‘rmasa, sivilizatsiya qulaydi. Mening so‘zlarimga quloq soling.

мaсka2

“Lancet” jurnali chop etgan tadqiqotda Yer aholisi 2064-yil 9,7 milliard kishiga yetib, eng yuqori cho‘qqiga chiqishi va 2100-yilga kelib 8,8 milliardga tushishi kutilyapti.

Ma’lumotga ko‘ra, Yaponiya, Tailand, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Janubiy Koreya kabi 23 mamlakat aholisi 50 foizdan ko‘proq kamayishi mumkin ekan.

O‘zining 6 farzandi haqida gapirar ekan, Mask tug‘ilish masalasiga yondashuv bo‘yicha o‘rnak bo‘lishga harakat qilayotganini aytdi.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 04.08.2026 Ko'rishlar 31
Ulashish