Prezident Shavkat Mirziyoevning yaqinda imzolangan “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmonida sohani tubdan rivojlantirishga doir bir qator yangi tashabbuslar ilgari surilgan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etish masalasi shular jumlasidandir.
Bu juda muhim tarixiy qadam. Chunki O'zbekistonda hech qachon mustaqil davlat va huquq instituti bo'lmagan. Mazkur yangi akademik yuridik ilmiy muassasada davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta'limotlar sohasidagi fundamental hamda amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti qanday bo'lishi kerak va nima bilan shug'ullanishi kerak?
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidovning 2020 yil 6 mayda "Xalq so'zi" gazetasida e'lon qilingan "Davlat va huquq instituti qanday bo'lishi kerak?" sarlavhali maqolasini mutolaa qilish asnosida bu kabi ko'plab muhim savollarga javob topish mumkin.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 06.05.2020
- Ko'rishlar: 4540
- Chop etish