Prezident Shavkat Mirziyoev 22 fevral` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasi ishida ishtirok etadi.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yig'ilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida o'tkaziladi.

Davlatimiz rahbari o'z nutqida mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlari hamda Inson huquqlari bo'yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil to'xtaladi.

Manba: president.uz

Powered by GSpeech