Milliy gvardiya va Harbiy-texnik institut rahbar shaxslari uchun vebinar

16 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy apparati va Harbiy-texnik institut rahbar shaxslari “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarining tinglovchilari bo'ldi. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan o'quv moduli xalqaro ekspertlar ishtirokida o'tkazildi.

BMT Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha kichik qo'mitasi raisi o'rinbosari Viktor Zaxariya olib borgan mashg'ulot qiynoqlar va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini taqiqlash hamda ularning oldini olish borasidagi xalqaro standartlar tahliliga bag'ishlandi. Shuningdek, tinglovchilarning ushbu ilg'or andozalardan huquqni qo'llash faoliyatida foydalanishga doir bilimlari va ko'nikmalarini oshirishga e'tibor qaratildi.

Vebinar shaklidagi mashg'ulot BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech