Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi

Andijonda ishlash istagi bo‘lgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratishi ta’kidlandi.

Viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetgan. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyorligini bildirgan.

Mas’ullarga o‘n kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirildi.

Umuman, Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.

O‘zA

Nashr sanasi 24.09.2026 Ko'rishlar 16
Ulashish