Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yaponiya chet elliklarning mamlakatda doimiy yashashi uchun to‘lov miqdorini keskin oshirdi

Yaponiya chet elliklar uchun doimiy yashash narxini keskin oshirmoqda. Endi ariza berish uchun to‘lov 40 dollardan 1 300 dollargacha ko‘tariladi. Bu mamlakat tarixidagi eng katta o‘sishdir.

Rasmiylar daromad, pensiya badali va yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha ham qat’iy talab joriy qilmoqda. Doimiy yashash huquqiga ega shaxslardan milliy o‘rtacha ish haqiga teng daromad – yiliga taxminan 36 000 dollar олинаdi.
Bosh vazir Sanae Takaichi mazkur o‘zgarish immigratsiya siyosatini yanada tartibga solish, yapon fuqarolari orasida chet elliklar soni ortib borayotgani bilan bog‘liq xavotirni yumshatishga qaratilganini bildirdi.

Muxolif siyosatchilar ushbu chorani immigratsiya siyosatiga zidligini ta’kidlab, ksenofobiya xavfi yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda.

Ayni yangilik kun chiqar yurtda demografik inqiroz kuchayib, ishchi kuchi yetishmovchiligi kuzatilayotgan davrga to‘g‘ri keldi. Mamlakat aholisi 2020-2025-yillar oralig‘ida 3 million kamaydi. Xorijiy mehmonlar va sayyohlar soni esa o‘sishda davom etyapti. O‘tgan yil Yaponiyaga rekord darajada – 42,7 million chet ellik kelgan.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 07.10.2026 Ko'rishlar 23
Ulashish